Evro-2020. Jarohatlarga boy kun Belgiyaning ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2021, 01:59
Yevropa chempionati "B" guruhi 1-turi doirasidagi Belgiya - Rossiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Belgiya – Rossiya 3:0 (2:0, 1:0)
Gazprom Arena
Gollar: 1:0 – 10 Lukaku, 2:0 – 34 Mene, 3:0 – 88 Lukaku.

Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Alderveyreld, Kastan (Mene, 27), Tilemans, Dendonker, Azar, Karrasko (Prat, 77), Lukaku, Mertens (Azar, 72).

Rossiya – Shunin, Fernandes, Djikiya, Jirkov (Karavaev, 43), Semenov, Golovin, Barinov (Diveev, 46), Zobnin (Muxin, 63), Kuzyaev (Cheryshev, 29; Miranchuk, 63), Ozdoev, Dzyuba.



Uchrashuvning matnli translyatsiyasi va sara suratlarni ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH

Rossiya bu safar ham Belgiyaga qarshi hech nima qila olmadi. Oqibatda Cherchesov shogirdlari guruhda oxirgi o'ringa ravona bo'lishdi. 

Mateo Laos ham qolgan soniyalar hech nimani o'zgartirmasligini tushunib, qo'shib bergan ikkinchi daqiqasi tugashini ham kutib o'tirmay, final hushtagini chaldi. Belgiya musobaqani ishonchli g'alaba bilan boshladi.  

Rossiyadagi uchrashuv Italiyaning Turkiyaga qarshi bellashuvini yodga solib yuborayotgandek edi, ana endi hisob ham bir xil bo'lib qoldi. 

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

"Inter" hujumchisi vaziyatlarni ko'kka sovurmasligini yana bir bor isbotlab qo'ydi. 

88-daqiqa. GOOOOOOL! Romelu Lukakudan dubl! Toma Menedan golli uzatma.

82-daqiqa. Dendonker maydon markazida juda qo'pol harakat qildi. Hakam faqatgina jarima zarbasi bilan cheklanishni lozim topdi. 


79-daqiqa. Belgiya klass evaziga raqibni tinchlantirishga va o'zi uchun ijobiy natijani ushlab turishga erishmoqda.

Belgiya termasi sardori ham o'yinni oxiriga etkaza olmaydigan bo'ldi. Sardorlik bog'ichi endi Eden Azarga o'tdi.  

76-daqiqa. O'zgarish! Yan Vertongen o'rniga Tomas Vermalen o'yinga qo'shildi. 

72-daqiqa. O'zgarish! Eden Azar Dris Mertensni almashtirdi.  



67-daqiqa. Artyom Dzyuba o'yindan tashqari holatda qolib ketgani qayd etildi va Rossiyaning hujumi uzilib qoldi. 

63-daqiqa. O'zgarishlar! O'zi zaxiradan tushirilgan Denis Cherishev uchun o'yin yakunlandi. Uning o'rniga "Atalanta" a'zosi Aleksey Miranchuk "jangga tashlandi". Roman Zobnin esa o'rnini Maksim Muxinga bo'shatib berdi.  

49-daqiqa. Belgiya bo'shashdimi yoki Rossiya chindan o'z kuchiga ishona boshladimi, tanaffusdan keyin Cherchesov shogirdlari ancha dadil harakat qila boshlashdi va barchamiz Tibo Kurtuani o'yinda ko'ra boshladik. 

46-daqiqa. O'zgarish! Dmitriy Barinov o'rniga Igor Diveev o'yinga qo'shildi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, Mateo Laosning birinchi bo'lim yakunlangani haqidagi hushtagi yangradi. Birinchi bo'limda raqibdan bir bosh baland ko'ringan Belgiya haqli ravishda g'alaba qozonmoqda. Tanaffusda Cherchesov shogirdlariga ko'rsatmalar berib, o'yin kartinasini o'zgartira olarmikin yoki yo'q, birozdan keyin bilib olamiz. 

45+3-daqiqa. Rossiyaliklar o'ng qanotdan hujumga o'tgan va raqib jarima maydonigacha yetib borgandi, lekin to'p yana yo'qotildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

43-daqiqa. O'zgarish! Yuriy Jirkov ham jarohat sabab maydonni tark etdi. Maydonga Karavaev tushirildi.    

41-daqiqa. To'p Tibo Kurtuaga faqatgina sheriklari uni eslab qolgani, uzatmani amalga oshirgandagina yetib kelyapti.  

36-daqiqa. Yuriy Jirkov ham jarohat olgan ko'rinadi. Oyog'ida og'riq sezgan futbolchi to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi va shifokorlar yordamiga muxtoj.

34-daqiqa. GOOOOOOOL! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Toma Mene oradagi farqni oshirdi.

30-daqiqa. O'zgarish! To'qnashuvning ikkinchi ishtirokchisi Daler Kuzyaev ham o'yinni davom ettira olmasligi aniq bo'ldi. Uning o'rnini Denis Cherishev egallamoqda.  

Mana o'sha to'qnashuv


27-daqiqa. O'zgarish! Timoti Kastan o'yinni davom ettira olmadi, uning o'rnini Toma Mene egalladi.   

25-daqiqa. Ko'ngilsiz holat. Ikki futbolchi to'p uchun kurashda bir-birlari bilan to'qnashib maydonga qulashdi. Takroriy lavhada har ikki sportchi yaxshigina tezlikda kelib urilganini ko'rish mumkin edi, avvalroq Eriksen bilan yuz bergan holatdan keyin futbolchilarning sog'lig'idan ayniqsa havotirga tushanasan kishi.

18-daqiqa. Romelu Lukaku yana darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan va zarba berishga chog'lanayotgandi, ammo Jikiya so'nggi pallada to'pni raqibi oyoqlari ostidan tepib yubordi, ikkinchi to'lqindagi Leander Dendonkerning zarbasi umuman qovushmadi. 

14-daqiqa. Burchak uzatmasidan keyin Mario Fernandes boshi bilan aniq zarba yo'llay oldi, ammo Tibo Kurtua o'z o'rnida.  

10-daqiqa. GOOOOOOOOL! O'ng qanotdan uzatmadan keyin Andrey Simonov tushunarsiz harakati bilan Lukakuga gol sovg'a qildi, Romelu esa qulay imkoniyatdan unumli foydalandi. 

To'p uchun kurashda hech kim bo'sh kelgisi kelmayapti. Sardorlarning "ikkinchi qavatdagi" to'qnashuvi. 

5-daqiqa. "Belgiya" futbolchilari to'p nazoratini deyarli to'liqligicha "o'z qo'llariga" olishdi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Jamoalar chigalyozdi mashg'ulotini o'tkazishdi. 

Belgiya – Rossiya

00.00, Gazprom Arena

Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Boyata, Vertongen, Kastan, Dendonker, Tilemans, T. Azar, Mertens, Karrasko, Lukaku.

Rossiya: Shunin, Jikiya, Semenov, Fernandes, Jirkov, Barinov, Ozdoev, Zobnin, Kuzyaev, Golovin, Dzyuba.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia