Islombek Ismoilov: "Shunday davom etsa, futboldan bir umrga ketaman va o'zim bilan ko'pchilikni olib ketaman"

Mirjalol Normatov
10 may 2021, 23:15
"Turon" bosh murabbiyi Islombek Ismoilov feysbukda shunday post qoldirdi:

"Biz ham insonmiz! Bizda ham sabrning chegarasi bor. Agar voqealar rivoji shunday davom etsa, butun umrga futboldan ketaman, lekin o'zim bilan ko'pchilikni olib ketaman. Bugunmi, ertagami, barchasining javob bor. Allohdan qo'rqinglar".


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia