RFI O'runovning yoshi to'g'risida gapirgan Yuranni jarimaga tortdi

Alisher
20 yanv 2021
RFI axloq qo'mitasi "SKA-Xabarovsk" bosh murabbiyi Sergey Yuranni "Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runovning yoshi to'g'risida gapirgan gapi uchun 250 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.

Eslatib o'tamiz, mutaxassis xavbekning pasportidagi yoshi kichraytirilgan degan edi.

O'runov "Spartak"ga 2020 yilning yozida "Ufa"dan o'tdi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

→ Yuran: “O'zbekistonda tanishlarim bor, O'runov yoshi haqida menga ko'pchilik aytgan”

→ O'runovning vakillari Yuranning yosh borasidagi so'zlari sabab etika qo'mitasiga murojaat qilishmoqchi


AlisherMuallif
Manba: championat.com