

“Biz juda kuchli va raqobatbardosh loyihani yaratmoqchimiz. “Barselona” Kroyff kashf qilgan o'yin uslubini o'ziga singdirgan va bu uslubdan xabardor bo'lgan ko'plab professionallar Kataloniya klubi muxlisi hisoblanadi. Gvardiola, Xavi, Inesta, Puyol haqida gapiryapman.
Ular “Barselona”ni sevadigan, ammo ayni vaqt “Barsa”da ishlamayotgan afsonalardir. Raqobatbardosh klub yaratish uchun ularni qaytarishimiz lozim.
Messi Chempionlar Ligasida g'olib chiqishni maqsad qilgan yuqori marralarga intiluvchi klubda ekanligini tushunishi kerak. Agar “Barselona” boshqaruvini o'z qo'limizga oladigan bo'lsak, Leo jamoada qolishini taminlashimizga shubhalanmaymiz”, deydi Font.



