Xalk va Oskar Xitoyda chegaralar yopilishidan 11 daqiqa oldin mamlakatga kirishga ulgurishdi

Alisher
31 mar 2020
"Shanxay SIPG" o'yinchilari Xalk va Oskar o'tgan hafta bir amallab Xitoyga qaytib ulgurishdi.

Chin yurti juma kuni yarim tunda koronavirus pandemiyasi tufayli chet elliklar uchun o'z chegaralarini yopdi.

Braziliyaliklar esa payshanba kuni soat 23:49da nazorat-o'tish punktiga yetib kelishdi, shundan so'ng 14 kunlik karantinga joylashtirilishdi.

Shu bilan birga, Xitoy Superligasining bir necha legionerlari o'z vaqtida mamlakatga qaytishga ulgurishmadi.


AlisherMuallif
Manba: Marca