Noyer "Bavariya"dan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma talab qilmoqda

Alisher
30 mar 2020, 17:37
Darvozabon Manuel Noyer "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ammo, tomonlar hali ham o'zaro kelishuvga erisha olishmayapti. Myunxenliklar rahbariyati tajribali darvozabonga 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi, ammo bu futbolchini qoniqtirmayapti.

Takidlanishicha, Noyer "Bavariya"dan 2025 yilgacha shartnoma talab qilgan. O'sha paytda darvozabon 39 yoshga to'ladi, shuning uchun "qizillar" 34 yoshli nemisning talablarini qoniqtirishga tayyor emas.

Manuel Noyerning "Bavariya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Tajribali darvozabonning klub bilan o'tkazgan so'nggi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild