Rasman: Hakim Ziesh APL klubiga o'tadi

Alisher
13 fev 2020, 17:18
"Ayaks" yarim himoyachisi Hakim Ziesh "Chelsi" o'yinchisiga aylanadi.

Bu haqda amstyerdamliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Marokashlik futbolchi London klubi tarkibiga shu yilning 1 iyulidan kelib qo'shiladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 16ta assistga erishgan.

Ziesh "Ayaks"ga 2016 yilda "Tvente" klubidan o'tgan edi. U 2015 yildan beri Marokash terma jamoasida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AFCAjax