Rasman: "Rostov" hujumchisi jamoadan ketdi

Alisher
23 yanv 2020
"Rostov" hujumchisi Born Sigurdarson mavsumni Kiprning APOEL jamoasida davom ettiradi.

"Rostov" va APOEL (Kipr) klublari hujumchi Born Sigurdarsonning mavsum so'nggiga qadar ijarasi borasida kelishuvga erishdi.

Islandiyalik forvard RPLda 38ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi 2011 yildan buyon Islandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/fcrostov