Seten: "Kechagina qishlog'imda sigirlar bilan sayr qilardim, bugun esa "Barselona"ni boshqarmoqdaman"

Alisher
15 yanv 2020, 13:37
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Kike Seten bu lavozimga tayinlanishdagi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi navbatda men shu yerda bo'lish imkoniyatini yaratib bergan klubga minnatdorchilik bildiraman. Hatto eng g'alati tushlarimda ham buni tasavvur qila olmasdim. Kechagina qishlog'imda sigirlar bilan sayr qilardim, bugun esa dunyoning eng zo'r o'yinchilariga ega "Barselona" jamoasini boshqarmoqdaman. Bu ajoyib.

Menda Valverde bilan yaxshi munosabatlar bor, uni ajoyib odam deb hisoblayman", - deydi Seten.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Ernesto Valverde o'rniga Kike Seten "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.

Seten "Barselona" bilan 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS