Eshitdik-da! Oston O'runov Rossiya premer-ligasida o'ynashi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2020
O'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov legionerga aylanishi mumkin.

Eshitishimizga qaraganda, 2000 yilda tug'ilgan futbolchi Rossiya premer-ligasida ishtirok etuvchi "Ufa" klubida ko'rikdan o'tmoqda.

Ayni paytda ushbu jamoada rossiyalik sobiq futbolchi Vadim Evseev bosh murabbiy sifatida ishlamoqda. "Ufa" hozirda Kiprda mavsumning ikkinchi mavsumga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Ufa" Rossiya premer-ligasida 19ta turdan so'ng 25 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia