
"Qizil iblislar" 22 iyul kuni Shanxayda Dortmundning "Borussiya"siga qarshi, 25 iyulda Pekin shahrida "Manchester Siti"ga qarshi bahs o'tkazishadi.
"Manchester Yunayted" Osiyoda faqatgina sakkiz kun shug'ullanadi. Bu kichik yig'inning asosiy voqeasi mankunianlar derbisidir. Agar bu bahs Xosep Gvardiola va Joze Mourinyo dueliga aylansa, uchrashuv yanada qiziq bo'ladi. Ushbu ikki murabbiy joriy mavsumdan so'ng "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ustoziga aylanishi mumkin.