Eldor Shomurodovning transfer narxi yana ko'tarildi

Alisher
11 sen 2019
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Rostov" forvardi Eldor Shomurodovning yangi transfer narxi e'lon qilindi.

Kecha transfermarkt hamyurtimizning yangi transfer narxini e'lon qildi. Yangi narxga ko'ra Shomurodov terma jamoadagi eng qimmat o'yinchilar reytingida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. 1-o'rinda 4,5 million evro narx bilan terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov bormoqda.

2016 yil, 15 aprel - 375 ming evro

2016 yil, 26 iyun - 400 ming evro

2016 yil, 30 noyabr - 600 ming evro

2017 yil, 15 iyul - 750 ming evro

2017 yil, 23 dekabr - 600 ming evro

2018 yil, 6 iyun - 700 ming evro

2018 yil, 20 dekabr - 900 ming evro

2019 yil, 22 fevral - 1 million evro

2019 yil, 14 iyun - 1,5 million evro

2019 yil, 10 sentyabr - 2,5 million evro


Transfermarkt ma'lumotlari asosida tayyorlandi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia