Rasman: yaponiyalik "Messi" - "Real" futbolchisi

Alisher
14 iyun 2019, 17:58
"Real" yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo bilan shartnoma tuzdi.

18 yoshli xavbek madridliklarning ikkinchi jamoasi hisoblangan "Kastilya"da o'ynaydi.

Kubo bungacha "Tokio" sharafini himoya qilgan. Futbochli ushbu mavsum 14ta o'yinda qatnashib, 4ta gol urishga erishgan. U 9 iyunda Yaponiya terma jamoasining Salvador (2:0) ga qarshi o'yinida debyut qildi.

Xabarlarga ko'ra, "Real" Kubo bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Uning maoshi esa yiliga 1,2 million evroni tashkil etadi.

Yaponiyalik "Messi" 2011 yildan 2015 yilgacha "Real"ning ashaddiy raqibi "Barselona" yoshlar jamoasida to'p tepgan.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca