Rasman: "Manchester Yunayted" ilk transferni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2019
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Daniel Jeyms bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.

18 million funt evaziga "Suonsi"dan "Old Trafford"ga ko'chib o'tgan futbolchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Yakunlangan mavsumda Daniel 39 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 10 bora gollarga hammualliflik qildi. Shuningdek, Uels termasi tarkibida 2 o'yinda 1 bora o'z nomini tabloga yozdirib qo'ya oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com