

Jizzaxliklar klubi rahbariyati ayni paytda bosh murabbiylik lavozimi uchun bir qator nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, klub bu borada Ulug'bek Baqoev nomzodiga jiddiy qiziqish bildirgan. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Agar barchasi reja asosida kechadigan bo'lsa katta ehtimol bilan Baqoev "So'g'diyona" bosh murabbiyiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, Ulug'bek Baqoev o'tgan mavsumda "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida ishlagandi.




