"Lokomotiv" joylashgan mehmonxonada yong'in yuz berdi

Aslanov Jasurbek
11 mar 2019, 10:42
Bugun, 11 mart kuni "Lokomotiv" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi doirasida Qatarning "Al-Rayyan" klubi mehmoni bo'ladi.

Alisher Nikimbaev bergan ma'lumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" joylashgan Wyndham Grand Regency mehmonxonasida yong'in sodir bo'ldi.

Tunda Dohadagi "Lokomotiv" joylashgan "Wyndham Grand Regency" mehmonxona qahvaxonasida yong'in sodir bo'ldi. Barcha mehmonlar tezda evakuaciya qilingan va "Lokomotiv" delegaciyasi qo'shni mehmonxonaga ko'chib o'tdi" - deyiladi Nikimbaev Telegram kanalida.

Eslatib o'tamiz, "Al-Rayyan" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:35da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev