"Navbahor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi Farg'onada bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
4 mar 2019, 12:07
2019 yilgi Superliganing 1-turini Namanganning “Navbahor” klubi mezbon sifatida “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan bahs bilan boshlaydi.

Namangan va Qo'qondagi stadionlarning maydonlari chimlari yangilanayotganligi sababli, mazkur uchrashuv Farg'onadagi “Istiqlol” o'yingohida o'tkaziladigan bo'ldi. Unda “Navbahor” mezbon sifatida ishtirok etadi.

Ushbu uchrashuv 10 mart kuni soat 16:00 da start oladi.

“Navbahor” hamda “Qo'qon-1912” klublarining U-21 yoshlar jamoalari o'rtasidagi o'yin esa 9 mart kuni Uychidagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs esa soat 15:30 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Навбаҳор” матбуот хизмати