Pogba "Tvitter"ga surat joylab, uni o'chirib tashladi

Aslanov Jasurbek
18 dek 2018
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Joze Mourinyu iste'fosiga munosabat bildirdi.

Fransiyalik futbolchi tagiga "suratga nom bering@ deb yozilgan suratni "Tvitter"ga joyladi, ammo bir necha daqiqa o'tib uni o'chirib tashladi.

Eslatib o'tamiz, Pogba hamda Mourinyu o'rtasidagi munosabatlar yomon edi. Xavbek "Liverpul"ga qarshi bahsni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru