Fransiya - ikki karra Jahon chempioni!

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2018
JCH-2018 finali doirasidagi Fransiya - Xorvatiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


JCH-2018. Final
Fransiya - Xorvatiya 4:2
15 iyul. Moskva, "Lujniki" stadioni.

Hakamlar: 
Nestor Pitana, Ernan Maydana, Xuan Belatti (uchalasi Argentina), Born Kuypers (Gollandiya)

Gollar: Mario Mandjukich 18 avtogol, - 1:0. Ivan Perishich 28, - 1:1. Antuan Grizmann 38 penalti, - 2:1. Pol Pogba 59, - 3:1. Kilian Mbapp 65, - 4:1. Mario Mandjukich 69, - 4:2.
Fransiya: 
1.Ugo Loris, 2.Benjamen Pavar, 4.Rafael Varan, 5.Samuel Umtiti, 21.Lyuka Ernandes, 6.Pol Pogba, 13.Ngolo Kante (15.Stiven Nzonzi, 55), 10.Kilian Mbappe, 7.Antuan Grizmann, 14.Blez Matyuidi (12.Korentin Tolisso, 73), 9.Olive Jiru (18.Nabil Fekir, 82)
Xorvatiya: 
23.Daniel Subashich, 2.Shime Vrsalko, 21.Domagoy Vida, 6.Deyan Lovren, 3.Ivan Strinich (20.Marko Pyaca, 82), 7.Ivan Rakitich, 10.Luka Modrich, 18.Ante Rebich (9.Andre Kramarich, 71), 11.Marselo Brozovich, 4.Ivan Perishich, 17.Mario Mandjukich

Ogohlantirishlar: Ngolo Kante 27, Shime Vrsalko 90+2.



YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI! FRANSIYA IKKI KARRA JAHON CHEMPIONI!

90+3. Pogba qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

90+2. Ogohlantirish. Xorvatiya. Shime Vrsalko

90+1. Fransiyaning hujumi, Pogba oldinga borib to'pni oldirib qo'ydi

90. O'yinning asosiy vaqti tugadi.

86. ZARBA! Fekirning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Subashich egallab oldi

84. Xorvatiya jarima to'piga ega bo'ldi, to'p to'g'ri Lorisning qo'liga bordi

82. O'zgarish. Fransiya. Olive Jiru o'rniga Nabil Fekir

82. O'zgarish. Xorvatiya. Ivan Strinich o'rniga Marko Pyaca

78. ZARBAAAAAAAAAA! RAKITIIICH! Birozgina noaniq!

73. O'zgarish. Fransiya. Matyuidi o'rniga Tolisso tushdi

71. O'zgarish. Xorvatiya. Ante Rebich o'rniga Andre Kramarich tushdi

68. Ugo Lorisning qo'pol xatosidan so'ng Mandjukich bu safar raqib darvozasiga gol urdi.

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MANDJUKIIIIIIIIIIIIIIIIIIICH! 4:2 GOLNI KO'RISH


65. Lyuka Ernandes to'pni Mbappega uzatdi, jarima maydoni yonida turgan Kilian o'ng oyog'i bilan sobiq klubdoshi Subashichni dog'da qoldirdi. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MBAPPEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEE! 4:1 GOLNI KO'RISH


59. Grizmanndan to'pni qabul qilib olgan Pogbaning birinchi zarbasini himoyachi qaytardi, takroriy zarbani yana Pogba berdi va gol urdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! POGBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! 3:1 GOLNI KO'RISH

55. O'zgarish. Fransiya. Ngolo Kante o'rniga Stiven Nzonzi tushdi

53. Maydonga uch nafar muxlis yugurib chiqdi, o'yin to'xtadi. Ularni olib chiqib kyetishgach bahs davom etadi


52. ZARBAAAAAAAA! Mbappe birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, Subashich to'pni qaytardi!

50. Ikkinchi bo'limni xorvatlar hujumkor tarzda boshlashdi. Burchak to'pidan so'ng Vrsalko zarba berdi, noaniq!

48. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! REBIIIIIIIIIIIICH! LORIIIIIIIIIIIS! Ajoyib zarba va ajoyib seyv

46. Ikkinchi taym boshlandi. 



Birinchi taym statistikasi


45+3. Birinchi taym tugadi

44. Xorvatiya ketma-ket ikki marta burchak to'pini amalga oshirdi, gol bo'lmadi

43. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Lovrenning zarbasi Pogbaga tegib maydonni tark etdi. 

38. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GRIZMAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAANN! 2:1 GOLNI KO'RISH

36. PENALTI! Pitana VAR yordamida Xorvatiya darvozasiga penalti belgiladi. To'p Perishichning qo'liga tegdi deb topildi

JCH-2018. Finaldan LIVE FOTOGALEREYA

- Fransiya va Xorvatiya prezidentlari o'yindan oldin


28. Xorvatlar jarima maydoni ichida to'pni bosh bilan o'ynab-o'ynab Perishichni yaxshi vaziyatga chiqarishdi, Ivanning kuchli zarbasi golga aylandi.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PERISHIIIIIIIIIIIICH! 1:1. GOLNI KO'RISH

27. Ogohlantirish. Fransiya. Ngolo Kante

25. Xavfli vaziyat! Mandjukich o'ng qanotdan to'pni oshirdi, Rakitich to'pni yuqoriga tepdi

23. Yana Fransiyaning hujumi, Domagoy Vida to'pni qaytardi

18. Grizmann jarima to'pini amalga oshirdi, to'p Mandjukichning boshiga tegib darvozaga kirib ketdi - 1:0.  GOLNI KO'RISH

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! FRANSIYA! 1:0

17. Nihoyat Fransiya ham oldinga o'tdi, Mbappe jarima maydonida sheriklariga to'p uzatdi, bu safar xorvatiyalik himoyachilar xushyor

14. Yana xorvatlardan hujum, Perishich chap qanotdan oldinga o'tib to'p uzatdi, yo'q, yana himoyachilar o'z o'rinlarida

13. Hozircha golga tortadigan vaziyat sodir etilmadi. Bu final, bu o'yinda kichkinagina xato ham fojiaga aylanishi mumkin. Shu bois ikkala jamoa ehtiyotkor o'ynaydi. Buning uchun jamoalarni urishmang.

8. Luka Modrich burchak to'pini amalga oshirdi, francuzlar to'pni qaytarib yuborishdi

JCH-2018 yopilish marosimidan FOTOGALEREYA

7. Xorvatlar ilk daqiqalarni hujumkor tarzda o'tkazishmoqda. 

4. Xorvatiyaning hujumi. Perishich chap qanotdan oldinga o'tdi, ammo himoyachilarni uni kutib olishdi

- O'zbekistonliklar hamma joyda bor #2.

1. O'YIN BOSHLANDI! 

- Endi navbat Xorvatiya davlat madhiyasiga

- Dastlab Fransiya davlat madhiyasini tinglaymiz


- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishmoqda...

- O'zbekistonliklar hamma joyda bor.


- Germaniyalik Jahon chempioni Filipp Lam va rossiyalik model Natalya Vodyanova Jahon kubogini stadionga olib chiqishdi. 

 



- O'yin soat 20:00da boshlanadi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia