JCH-2018. "G" guruhining ikkinchi jamoasi - Angliya ham yarim finalda!

7 iyul 2018, 20:50
JCH-2018 chorak final doirasidagi Shvetsiya - Angliya uchrashuvi yakunlandi.

YANGILASH

MATNLI TRANSLYATSIYA


- Angliya yarim finalda!

- O'yin tugadi! 

89. Shvetsiya xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ammo uni ijrosi kutilganidek chiqmadi.

85. O'yin tempi ancha tushib ketdi. Shvetsiya katta kuch bilan hujumga o'tmayapti. Angliya esa xotirjam.

81. Angliya uchinchi golni urishga, Shvetsiya esa umidlarni uyg'otish uchun birinchi golni urishga harakat qilmoqda.

77. Angliyaning hujum ancha xavfli tus oldi! Sterling tomon kelayotgan to'pni darvoza chizig'i oldidan himoyachi bartaraf etishni uddasidan chiqdi. Aks holda tablodagi hisob yirik ko'rinish olardi.

- Shvetsiya Angliyaning himoyadagi nuqsonlarini topa olmoqda, vaziyatlar yaratilmoqda. Ammo so'nggi pallada Pikford katta sahnaga chiqib jamoasi joniga oro kirmoqda!

72. Xavfli vaziyat! Berg!!!! Yana Pikford! Qoyil! Angliyada nihoyat darvozabon paydo bo'lganiga bugungi o'yin misol bo'la oladi.

67. Angliya xotirjam, erkin va ishonch bilan o'ynamoqda. Jamoa hujumda ijodkorlikni namoyish etmoqda.

64. Shvetsiya ustozi o'yini qovushmagan Forsbergni almashtirdi. Uning o'rniga Olsson maydonga tushirildi. Tezkor, juda kuchli zarba sohibi sanalgan Olsson universal qanot futbolchisi sanaladi. Ham himoyada, ham yarim himoyada o'ynaydigan zamonaviy vinger - lateral!

61. Shvetsiya kurashmoqchi! O'ng qanotdan boshlangan hujum yaxshi rivoj oldi, ammo yana bir bor Pikford katta sahnaga chiqib jamoasini goldan qutqarib qoldi!

- Angliya bir oyog'i bilan yarim final sari yana dadil odimladi.

59. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! DELE ALLI! Lingard oshirgan to'pni Klassenning takibidan qochgan Alli boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:2!

54. Angliyaning xavfli hujumini shvetsiyalik himoyachilar darvoza oldidan bartaraf etib yuborishdi.

51. Shvetsiyaning hujumi Forsbergning noaniq zarbasi tufayli besamar yakunlandi.

48. Shvetsiya tanaffusda yaxshigina quvvatlanib chiqishgan shekilli.

47. Xavfli vaziyat! PIKFORD! Shvetsiyaning chap qanotdan uyushtirgan hujumidan so'ng Berg boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Pikford bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi! Ajoyib seyv!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!

44. Sterling navbatdagi ajoyi vaziyatni ko'kka sovurmoqda! Ulsen bu vaziyatda yana to'pni Sterlingni oyog'idan olib qo'ydi.

43. Sterling Angliya terma jamoasi libosida gol urolmayapti. Hozir ham deyarli 100% vaziyatda darvozabonni dog'da qoldira olmadi. Kamiga qanot hakami ham bayroqchasini ko'tarib o'yindan tashqari holat qayd etdi.


Angliyada golni shu tarzda nishonlashdi


39. Shvetsiya o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi. To'pni qaytardi. Ammo hujum tashkil etishda muammolarga duch kelmoqda. Shvetsiya hujum chizig'i vakillariga ijodkorlik yetishmayotgandek. Angliya mudofaa chizig'i ham ancha mustahkam ko'rinmoqda.

35. Shvetsiya endi himoyadan chiqishga, hujumga o'tishga majbur.

- Angliya ushbu mundialdagi kiritgan 10ta golidan 9tasini standart vaziyatlar orqali urdi. Faqatgina Lingard Panamaga o'yindan gol urgandi.


Maguayr nafaqat himoyada ishonchli, balki hujumda, xususan standart vaziyatlarida raqib jarima maydonchasi ichidagi "qotil"ga aylanmoqda


30. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL! MAGUAYR! Angliya yana standart vaziyatidan gol urmoqda. Yang tomonidan oshirib berilgan to'pni Maguayr boshi bilan darvozaga aniq joyladi - 0:1!

28. Angliya bosimni kuchaytirmoqda, hujum ketidan hujum tashkil etilmoqda. Shvetsiya anchadan buyon himoyadan chiqib keta olmayapti.

25. Angliyani hujumini bartaraf etgan Shvetsiya himoyachilari birgina to'p oshirish orqali Toyvonenni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yuborishdi. Ammo qanot hakami bu yerda offsayd qayd etdi.

22. Angliya to'pni nazorat qilmoqda. Hujumlar sonini ko'paytirmoqda. Lekin hozircha Shvetsiya darvozasi oldida chinakamiga xavfli vaziyat yaratish ularga nasib etmayapti.

19. Sterling tashkil etgan hujumni Keyn noaniq zarbasi bilan yakunladi.

17. Angliya himoyadan hujumga chiqib ketishda muammolarga duch kelmoqda. Shvetsiya Angliyani raqib jarima maydonchasi oldidayoq pressing qilmoqda.

15. Shvetsiya pozicion ancha tartibli o'ynamoqda. Angliya hujumda izlayotgan bo'sh zonalarga ega bo'lmayapti.

13. Shvetsiya futbolchisi Klassendan kuchli zarba. Ammo noaniq.

11. Angliyaning ilk pozicion hujumi. Uokerning jarima maydonchasiga oshirgan to'piga Ulsen egalik qildi.

9. Shvetsiya ancha xotirjam, ammo Angliya o'z statusiga mos ravishda ishonch bilan o'ynamayapti.

7. Kraft jarima maydonchasi oldida qo'pol xato evaziga to'pni raqibga oldirdi. Ammo Dele Alli bu vaziyatda Keynga to'p uzatishda xatoga yo'l qo'ydi.



5. Jamoalar shoshilmasdan, tezlikni dastlabki daqiqalardanoq qo'shmasdan o'ynashmoqda. Bugun kuchga tayangan, asosan yakka-kurashlarga boy o'yin ko'rsak ajab emas. Chunki har ikkala terma jamoa futbolchilari jismonan baquvvat va standart vaziyatlari orqali o'ynashni xush ko'radigan jamoalar sanalishadi.


3. Angliya dastlabki daqiqalardan to'p nazoratini qo'lga olib, asta-sekinlik bilan pozicion hujumga o'tayotganda Uoker oddiy vaziyatda to'p oshirishda xato o'ynadi. Ammo Shvetsiyaning tezkor hujumi besamar ketdi.

- O'YIN BOSHLANDI!

- Jamoalar stadionga chiqib kelishdi. Har ikkala jamoalarning davlat madhiyasi yangraydi.

- Shvetsiya bugun o'zining klassik uslubida, yani 4-4-2 sxemasida o'ynaydi. Angliya ustozi Sautgeyt esa 3-1-4-2 taktik sxemasidan voz kechmagan.

- Shvetsiya - Angliya uchrashuvidan matnli onlayn translyatsiyani amalga oshiramiz.


Diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yuborayotgan Shvetsiya himoyachisi Lustig oilaviy stadionga tashrif buyurgan


Jamoalarning JCH-2018dagi statistikasi


Jeymi Vardining rafiqasi doimgidek Angliyani stadiondan turib qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan


JCH-2018.

Chorak final.

Shvetsiya - Angliya 0:2

"Samara Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Born Kuypers (Gollandiya)

Gollar: Maguayr (30), Alli (58)

Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayer, 85), Tripper, Keyn.

Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia