JCH-2018. Fransiya chorak finalda, xayr Messi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2018
JCH-2018 nimchorak finali doirasidagi Fransiya - Argentina uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 


FRANSIYA - ARGENTINA 4:3
Hakamlar
: Alirizo Fag'oni, Rizo Suhandon, Muhammadrizo Mansuri (uchalasi Eron), Xulio Baskunan (Chili)
Gollar: Antuan Grizmann 13 penalti, - 1:0. Anxel Di Mariya 41, - 1:1. Gabriel Merkado 48, - 1:2. Benjamin Pavar 57, - 2:2. Kilian Mbappe 64, - 3:2. Kilian Mbappe 68, - 4:2. Serxio Aguero 90+2, - 4:3.
Fransiya: 1.Ugo Loris, 2.Benjamin Pavar, 4.Rafael Varan, 5.Samuel Umtiti, 21.Lukas Ernandes, 6.Pol Pogba, 13.N'Golo Kante, 14.Blez Matyuidi (12.Korentin Tolisso, 75), 10.Kilian Mbappe (20.Florian Toven, 89), 9.Olive Jiru, 7.Antuan Grizmann (18.Nabil Fekir, 84).
Argentina: 12.Franko Armani, 2.Gabriel Merkado, 17.Nikolas Otamendi, 16.Markos Roxo (6.Federiko Fasio, 46), 3.Nikolas Taliafiko, 7.Ever Banega, 14.Xaver Maskerano, 15.Enco Peres (19.Serxio Aguero, 66), 22.Kristian Pavon (13.Maksi Mesa, 75), 11.Anxel Di Mariya, 10.Lionel Messi
Ogohlantirishlar: Nikolas Taliafiko 19, Xaver Maskerano 43, Ever Banega 50, Benjamin Pavar 73, Nikolas Otamendi 90+3, Olive Jiru 90+3



YANGILASH


O'YIN TUGADI! FRANSIYA CHORAK FINALDA! XAYR ARGENTINA, XAYR MESSI!

90+3. Ogohlantirish. Otamendi va Jiru

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AGUEROOOOOOOOOOOOOOOO! 4:3. GOLNI KO'RISH

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. Bugun jamoalar 6 marta aniq zarba berishdi va 6ta gol urishdi!

88. O'zgarish. Bugungi uchrashuv qahramoni Mbappe o'rniga Toven tushdi

85. Messi faoliyatini Jahon chempioni bo'lmay tugatishi deyarli aniq bo'lmoqda...

85. ZARBAAAAAAAAAAAAA! MESSIIIIIIIIIII! Zarba kuchsiz chiqdi va Loris o'z o'rnida

84. O'zgarish. Fransiya. Grizmann o'rniga Fekir tushdi

78. Qozondagi stadionga mazkur o'yinni ko'rish uchun 42 873 tomoshabin keldi. Ularga havas qilish kerak

19 yoshli bolakay Argentinaga aeroportni ko'rsatib qo'ydi-mi?

75. O'zgarish. Fransiya. Matyuidi o'rniga Tolisso tushdi

75. O'zgarish. Argentina. Kristian Pavon o'rniga Maksi Mesa

73. Ogohlantirish. Pavar

72. Ogohlantirish. Matyuidi. Fransiya chorak finalga chiqsa u maydonga tushmaydi

70. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! OLIVE JIRUUU! To'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MBAPPEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEEE 4:2!  GOLNI KO'RISH

67. ZARBA! Messining jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

66. O'zgarish. Enco Peres o'rniga Serxio Aguero tushdi

64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MBAPPEEEEEEEEEEEEEEEEE! 3:2. Gollar shousi davom etadi! Ajoyibu g'aroyib! GOLNI KO'RISH

57. Chap qanotdan boshlangan hujum o'ng qanotga o'tdi va himoyachi ajoyib gol bilan hisobni tenglashtirdi

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PAVAAAAAAAAAAAAAAAR! 2:2 Ajoyib o'yin va gollar shousi! GOLNI KO'RISH

56. Nimalar qilayapti Fasio? Sal qolsa Grizmann gol urishi mumkin edi

50. Ogohlantirish. Ever Banega. Agar Argentina chorak finalga chiqsa u ham Maskerano singari maydonga tusha olmaydi

48. Messining zarbasi yo'l-yo'lakay Merkadoga tegib darvozadan joy oldi.

48. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MERKADOOOOOOOOOO! 1:2  GOLNI KO'RISH

46. Ikkinchi taym boshlandi.

46. O'zgarish. Roxo o'rniga Fasio tushdi


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1.

FAKT! Janubiy Amerika jamoalari 1986 yildan buyon Fransiyaga umuman gol urmagan Di Mariya bu ananaga barham berdi

43. Ogohlantirish. Maskarano. Agar Argentina chorak finalga chiqsa Xaver maydonga tushmaydi

41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DI MARIIIIIIIIIYAYAYAYAYAYAYAYAYA! SUPERGOL!  GOLNI KO'RISH

38. Xavfli vaziyat! Pavar o'ng qanotdan to'pni oshirdi, Jiru to'pga eta olmadi

37. Yana o'sha Pavon o'z qanotidan to'pni jarima maydoniga oshirdi, bu safar himoyachilar to'pni qaytarishdi

36. Pavon o'ng qanotdan to'pni havodan jarima maydoniga uzatdi, Loris xuddi mashg'ulotlardagidek to'pni ushlab oldi

35. Mana hozir Messi jarima maydoni ichida yiqildi, hakam Pogba to'pni undan qoidani buzmay olib qo'ydi deb topdi

Hozircha Messining ishi yurishmayapti...

33. Otamendi va Jiru to'p uchun kurashda shikastlanishdi. Shifokorlar yordam berishmoqda

32. FAKT! Dide Desham bugun Fransiya terma jamoasi ustozi sifatida 80-uchrashuvni o'tkazmoqda va mamlakat rekordini o'rnatdi. Fransiya terma jamoasida hech qaysi murabbiy bunchalik ko'p o'yin o'tkazmagan. Oldingi rekord Raymon Domenekka tegishli edi - 79ta o'yin.

31. Xavfli vaziyat! Mbappe jarima maydoni ichida raqibni alday olmadi, aks holda...

FAKT! Janubiy Amerika jamoalari 1986 yildan buyon Fransiyaga umuman gol urmagan Bu anana davom etmoqda...

30. Argentinalik futbolchilarga Mbappe yoqmayapti

27. Yana Argentinadan hujum, Pavon jarima maydoni ichida zarba berdi, to'p Umititining qo'liga tekkandek ko'rindi, hakamlar penalti yo'q deb topishdi

24. Xavfli vaziyat! Enco Peres jarima maydoniga yorib kirdi, Loris to'pga birinchi yetib keldi

21. ZARBAAAAAAAAAAAA! Pogbaning zarbasi ancha noaniq ketdi!

19. Ogohlantirish. Taliafiko 

19. Yana Mbappe! Yana jarima to'pi. Bu safar Taliafiko uni jarima maydoni chizig'i ustida yiqitdi!

17. Goldan so'ng Argentina ko'proq to'p bilan va hujum qilishga urinmoqda

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GRIZMAAAN! 1:0. Antuan penaltidan osongina gol urdi GOLNI KO'RISH

11. PENALTI! Roxo supertezlikda jarima maydoniga yorib kirgan Mbappeni qo'li bilan yiqitdi va Argentina darvozasiga penalti belgilandi. Balki VAR ham buni tekshirar? 

9. ZARBAAAAAAAAAA! GRIZMAAAAAAAAAAAN! To'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! Hisob ochilishiga bir bahya qoldi! 

8. UXX! Maskerano jarima maydoni yonida Mbappeni yiqitdi. Xavfli jarima to'pi

Pogba, Matyuidi va Tolisso hisobida bittadan sariq kartochka bor. Agar ular bugun ogohlantirish olishsa Fransiya chorak finalga chiqqan taqdirda maydonga tushishmaydi.

Argentina safida bundaylar soni ko'proq: Merkado, Banega, Messi, Maskerano, Otamendi, Akunya.

4. Matyuidi Messini qo'li bilan yiqitdi. Bugun Alirizo Fag'oniga oson bo'lmasligi aniq

Maradona ham shu erda


Uchrashuvdagi barcha gollarni saytimizning telegramdagi kanalida kuzatib borish mumkin: KANALGA O'TISH

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Endi Argentina davlat madhiyasi yangramoqda

- Dastlab Fransiya davlat madhiyasi

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.

- Bugun Leo o'z jamoasini chorak finalga olib chiqa oladimi? 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia