2025 yildan boshlab klublar o'rtasidagi JCHda 32 ta jamoa ishtirok etadi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2022, 17:12
Bu haqda Infantino ma'lum qildi.

2025 yildan boshlab klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida 32 ta jamoa qatnashadi.

Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino ma'lum qildi.

"Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining yangi versiyasi bo'ladi. 2025 yildan boshlab unda 32 ta jamoa ishtirok etadi.

Bu turnir terma jamoalar o'rtasidagi JCHga o'xshaydi", – dedi Infantino.

Yaqinda Yevropaning top-klublari yangilangan klublar o'rtasidagi mundialda ishtirok etishni istamayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/sr_collings