2024 yilgi Amerika Kubogi qayerda bo'lib o'tadi?

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023
Bu turnir faqat Janubiy Amerika jamoalari uchun o'tkazilmaydi.

Amerika Kubogi-2024 AQSHda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda KONMEBOL (Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi) va KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika Futbol Konfederatsiyasi) birgalikda ma'lum qildi.

Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etadi: 10 tasi Janubiy Amerika, 6 tasi KONKAKAF mintaqasi vakili. Shimoliy va Markaziy Amerikaning terma jamoalari o'z mintaqasidagi Millatlar Ligasi orqali musobaqaga saralanadi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilda AQSH Kopa Sentenario deb ataladigan turnir – Amerika Kubogining yuz yilligi sharafiga musobaqa o'tkazgandi. Unda ham 16 ta jamoa ishtirok etgandi, ulardan oltitasi KONKAKAF zonasi vakili edi. Finalda Argentinani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan Chili chempionlikni qo'lga kiritgandi.

Amerika Kubogining amaldagi g'olibi Argentina terma jamoasi bo'lib, bir yildan so'ng jahon chempioni bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times