2019 yilgi YCHL finali Boku yoki Madridda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2017, 17:08
2019 yilgi Yevropa chempionlar ligasi final uchrashuvini qabul qilish istagini ikkita shahar bildirdi.

9 dekabrdan 27 yanvarga qadar davom etgan ariza topshirish davrida ikki shahar o'z nomzodini ilgari surdi.

Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi "Olimpiya" stadioni va Ispaniya poytaxti Madrid shahridagi "Metropolitano" ("Atletiko" uy o'yingohi) stadioni 2019 yilgi YCHL finalini qabul qilmoqchi.

2017 yilgi musobaqa finalni Uelsning Kardiff shahrida joylashgan "Millenium" stadionida o'tkaziladi. 2018 yil final uchrashuvi esa Kievdagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com