2019 yilgi Osiyo Kubogi BAA yoki Eronda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015, 18:17
Kuni kecha Avstraliyada o'tkazilgan Osiyo Kubogi yakuniga etdi.
Ayni kunlarda OFK 2019 yilgi chempionatni qayerda o'tkazish borasida bir to'xtamga kelish ishlari bilan band.

OFK bosh kotibi Aleks Susey bergan intervyusida katta ehtimol bilan navbatdagi qita chempionati BAAda o'tishi mumkinligi haqida to'xtalgan. U ayni paytda BAA Osiyo Kubogini o'tkazishga har taraflama tayyor ekanligini bildirgan. Eron esa 2-da'vogar bo'lib turibdi. Arab mintaqasida oxirgi yillarda futbolga katta e'tibor berilayotgani va OFKning marketing hamkori hisoblangan "World Sport Group" kompaniyasi bilan shartnomalarga ega bo'lgani sababli BAA varianti maqul ko'rilishi ehtimoli katta. Qolaversa, bu muxlislarga ham qulaylik tug'diradi. Chunki ushbu mamlakatda bir shahardan ikkinchisiga yetib borish ko'p vaqtni olmaydi.

Yakuniy qaror mart oyida qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia