2017 yilning eng ta’sirli rasmini ko'rdingizmi?

Narzulla Saydullayev
2 dek 2017, 09:01
Kecha Moskvada 2018 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi.

Qur'a tashlash jarayonida argentinalik sobiq futbol afsonasi Diego Maradona ishtirok etdi. Bundan tashqari mehmonlar orasida futbol qiroli braziliyalik Pele ham bor edi. Bir necha bor shifoxonaga tushgan Pele marosimga nogironlar aravachasida keldi. Qur'adan so'ng doim o'zini Peledan ustun deb biladigan, bir necha bor intervyularda Peleni tanqid qilgan Maradona barchaning yonida braziliyalik futbol afsungarini o'pib qo'ydi. 

Barchamiz avvalo inson ekanligimiz va futbol aslida bir o'yin ekanligini utunmaylik. Pelega esa uzoq umr tilaymiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball