2017 yilda Germaniya, Portugaliya va Gollandiyada videotakrorlardan foydalanish boshlanadi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2016, 10:45
FIFA 2017 yildan boshlab videotakrorlardan foydalanishni test qilishni ma'lum qildi.

Eksperimentda hakamlar videoassistentlari ishtirok etishadi. Videotakrorlar oltita chempionatda sinab ko'riladi: Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Gollandiya, AQSH va Avstraliya.

Videotakrorlar bahsli vaziyatlar, gol, penalti va chetlatishlar uchun qo'llaniladi.

Umid qilamanki, Rossiyadagi Jahon chempionati videotakrorlardan to'laqonli tarzda foydalanilgan dastlabki chempionat bo'ladi, – deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dw.com