2015/16 yilgi mavsumdan Italiyada golni aniqlash tizimi ishlatiladi

Narzulla Saydullayev
14 fev 2015, 10:01
Italiya A seriyasi rahbariyati 2015/16 yilgi mavsumdan boshlab golni aniqlash tizimi ishga tushishini ma'lum qildi.
Ammo hozircha 20ta jamoa uchun aynan qaysi tizim sotib olinishi haqida yakuniy qaror qabul qilingani yo'q. 7 kishidan iborat bo'lgan maxsus guruh turli tekshiruvlardan so'ng ulardan birini tanlaydi.

Bunday tizimlarni bitta stadionga o'rnatish o'rtacha 170 ming evroga teng.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru