2010 yildan beri “Borussiya D”da o'ynayotgan himoyachi mavsum oxirida butsasini mixga iladi

Eldor Akmurzayev
28 apr 2021, 20:55
Bu haqda dortmunliklar rasmiy sayi xabar berdi.

“Borussiya” himoyachisi Lukash Pishek joriy mavsum tugagandan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Polshalik o'tgan yili bu ishni amalga oshirmoqchi edi, ammo jamoa bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgandi.

Iyunda Pishek 36 yoshni qarshi oladi va u vataniga qaytib, otasi vice-prezident bo'lgan “Gochalkovice”da ishini davom ettirmoqchi. Futbolchi 2019 yilda klub qoshida akademiya ochgan.

Lukash Pishek Polsha termasi safida 66 o'yinda qatnashib, uchta gol urgan. U 2010 yildan buyon “Borussiya D” sharafini himoya qilayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru