20-turning Paxtakor – Qizilqum uchrashuvi 21 sentyabrga ko'chirildi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2016, 19:33
Oliy liganing 20-turidan o'rin olgan Paxtakor – Qizilqum uchrashuvi qoldirilgan edi.

Paxtakor PFK futbolchilarining JCH-2018 saralashining hal qiluvchi raundiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgani munosabati bilan kechroq muddatga qoldirilgan O'zbekiston Chempionati 20-tur Paxtakor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) uchrashuvining o'tkazilish sanasi belgilandi.

Uchrashuv 21 sentyabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz