1998 yilgi Jahon chempionatida urilgan barcha gollarni tomosha qiling

Narzulla Saydullayev
17 mar 2020, 19:00
Dunyoda deyarli barcha futbol musobaqalari to'xtagan paytda arxivga murojaat qilamiz.

1998 yil Fransiyada bo'lib o'tgan mundialda 32ta jamoa ishtirok etgan. O'tkazilgan 64ta o'yinda 171ta gol urilgan edi.

Birinchi yarim finalda Braziliya va Niderlandiya o'zaro 1:1 hisobida durang o'ynashgan. Penaltilar seriyasida Braziliya g'olib bo'lgan - 4:2. Ikkinchi yarim finalda Fransiya Xorvatiyani qo'shimcha taymda 2:1 hisobida taslim qilgandi.

Uchinchi o'rin uchun bahsda Xorvatiya Niderlandiyani mag'lub etgan - 2:1. Fransiya va Braziliya o'rtasidagi final uchrashuvida mundial mezboni 3:0 hisobida zafar quchgan. Zinedin Zidan dublga erishgan, yana bir golga Emmanuel Peti mualliflik qilgan.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia