1979 yilda "Paxtakor"ning samolyotiga chiqa olmay qolgan murabbiy bugun vafot etdi

Mirjalol Normatov
16 okt 2018, 21:18
"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi Oleg Bazilevich bugun vafot etdi.

"81 yoshiga etganda ajoyib, dunyodagi eng yaxshi insonning yuragi urishi to'xtadi. Ularning yaqinlari va qarindoshlariga xamdardlik bildiramiz", - deb yozadi "Dinamo Kiev" klubi matbuot xizmati.

Bazilevich 1957-1965 yillar davomida "Dinamo Kiev" sharafini himoya qilgan. Qayd etish kerak, u 1979 yilda "Paxtakor"ning murabbiylar shtabida ish boshlagandi. O'sha yili bo'lgan mashum hodisada u samolyotga chiqa olmay qolgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia