19 yoshli Gilmor "Chelsi"dan uni ijaraga qo'yib yuborishlarini so'radi

Alisher
10 iyun 2021
"Chelsi" va Shotlandiya terma jamoasining 19 yoshli yarim himoyachisi Billi Gilmor "ko'klar" rahbariyatidan uni o'yin amaliyoti olishi uchun bir yillik ijaraga berishlarini so'radi.

"Reynjers" tarbiyalanuvchisi London klubi safida Frenk Lempard qo'l ostida debyut qildi, ammo Tomas Tuxel uni asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ko'rmayapti.

Gilmorning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgi mavsum so'nggida yakuniga etadi.

Billi 2019 yildan beri "Chelsi" safida barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports