
Qatar futbol assotsiatsiyasi 19 may kuni bu arenada ilk uchrashuv, Amir Kubogi final bahs o'tkazilishini e'lon qildi. Stadionnig ochilish marosimi "Al-Rayan" va "Al Sadd" o'rtasidagi final o'yinidan oldin bo'lib o'tadi.

Khalifa International Stadium arenasi rekonstrukciyadan so'ng o'z bag'riga 40 ming muxlisni sig'dira oladi va FIFAning barcha talablariga javob beradi. Stadionda havoni salqinlashtiruvchi maxsus innovacion tizim o'rnatilgan. Barcha sektorlar tom ostida joylashgan.

Bu stadionda nafaqat JCH-2022 o'yinlari, balki 2019 yil bo'lib o'tadigan engil atletika bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.

Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrigacha o'tkaziladi.