

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining qarori muhokama qilinmaydi. Ispan grandi rahbariyati u klubdan muammosiz ketishi uchun barchasiga tayyor. Maskeranoga Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" jamoasi qiziqish bildirmoqda. Yaqin kunlar ichida ushbu transfer amalga oshishi kutilmoqda. Oldinroq, xitoyliklar 33 yoshli Maskerano uchun 6 mln. evro taklif qilayotgani e'lon qilingan edi.



