18 yoshli avstraliyalik darvozabon chaqmoq urishidan vafot etdi

Aslanov Jasurbek
2 may 2016, 12:55
Chaqmoq urgan "Melaka Yunayted"ning avstraliyalik posboni Stefan Petrovski shifoxonada vafot etdi.

5 aprel kuni 18 yoshli darvozabon Malayziya klubida mashg'ulot o'tkazayotgan paytda uni chaqmoq urdi. Pertovski shu kungacha komada edi va 1 may kuni olmadan ko'z yumdi.

"Melaka Yunayted" o'zining iqtidorli darvozaboni - Stefan Petrovskidan ajralib qoldi. Uning ota-onasi deyarli bir oy shifoxonada farzandi sog'ayishini kutishdi. "Melaka Yunayted" 18 yoshli posbon vafot etganini qayg'u bilan e'lon qiladi" - deyiladi klub matbuot-xizmatida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com