Golden Boy-2017 g'olibi ma'lum qilindi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2017
PSJ hujumchisi Kiliyan Mbappe Golden Boy sovriniga ega chiqdi. Ushbu sovrin har yili Tuttosport nashri tomonidan Yevropaning 21 yoshgacha eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.

Yevropaning yetakchi nashrlarining jurnalistlari ishtirok etgan so'rovnomada "Barselona" Usmon Dembele va "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni ortda qoldirdi.

O'tgan mavsumda Mbappe "Monako" safida 44ta o'yinda 26ta gol urdi. U Fransiya chempioni bo'ldi va YCHL yarim finaliga qadar yetib bordi. O'tgan mavsum francuz PSJga ijaraga berildi. Yozda u 165 million evro evaziga PSJga to'liq o'tadi.

O'tgan yil ushbu sovrin "Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sancheshga nasib qilgandi, ayni paytda u "Suonsi"da ijarada o'ynamoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tuttosport.com