Alisher Nikimbaev: "Shomurodovning keyingi jamoasi aniq va bu "Krasnodar" emas"

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2017
"Bunyodkor" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya klubiga o'tadi, ammo bu "Krasnodar" bo'lmaydi.

"Shomurodovning keyingi jamoasi aniq va bu "Krasnodar" emas", - deb yozadi Alisher Nikimbaev tvittyerdagi o'z sahifasida. Foydalanuvchilarning u klub ham Rossiyadanmi deb berilgan savoliga Nikimbaev "Ha, RFPL (Rossiya premer-ligasi)" deb javob bergan.

Oldinroq Rossiyaning "Izvestiya" nashri Shomurodov "Krasnodar"ga o'tishga juda yaqinligi haqida yozgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia