11 nafar o'zbekistonlik hakam OCHL 5-turida ishlaydi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2023, 14:09
Osiyo Chempionlar Ligasining 5-turi bahslariga O'zbekistondan 9 nafar hakam va 4 nafar VAR vakili tayinlov oldi.

Bosh hakamlardan Ahrol Risqullaev va Ilgiz Tantashev, yordamchi hakamlardan Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin, zaxira hakami Rustam Lutfullin, shuningdek, video assistentlar orasidan Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov hamda Rahimbek Karimov tayinlov olgan. Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar ma'lumotlari bilan tanishing:


Osiyo Chempionlar Ligasi | “H” guruhi, 5-tur

“Zheijang” – “Buriram United” 

29.11.2023 | 17:00

Hakamlar: 

Ilgiz Tantashev

Andrey Sapenko

Timur Gaynullin

Rustam Lutfullin

Firdavs Norsafarov

Rahimbek Karimov


Osiyo Chempionlar Ligasi | “F” guruhi, 5-tur

“Kitchee” – “Chonbuk Xyunday Motors”

29.11.2023 | 15:00

Hakamlar: 

Ahrol Risqullaev

Sanjar Shoyusupov

Alisher Usmonov

Aziz Asimov

Abdurashid Xudoyberganov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази