1 dekabr kuni "Surxon"ning 41 nafar futbolchisi erkin agentga aylanadi...

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2020, 15:14
O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan klublarimizning futbolchilar bilan qachongacha shartnoma tuzgani borasidagi xabarlarni davom ettiramiz.

Navbat Termizning "Surxon" klubiga yetib keldi.

Jamoa 2020 yilgi Coca Cola Superligasi uchun 44 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan. Mana shu 44 futbolchining 41 nafari bilan 2020 yil 30 noyabr kuniga qadar shartnoma tuzilgan. Yani 1 dekabr kuni "Surxon"ning 41 (!!!) futbolchisi erkin agentga aylanadi va boshqa klubga tekinga o'tish huquqiga ega bo'lishadi. Agar futbolchilar "Surxon" safida keyingi mavsumda ham o'ynashni istashsa va shartnomani uzaytirishsa o'z-o'zidan klubdan yangi shartnoma uchun qo'shimcha bonus olishadi.

Faqatgina Nuriddin Hasanov 2021 yil oxirigacha, Behruz Shaydulov va Muhammadali Nomozov esa 2022 yil so'nggiga qadar shartnoma tuzishgan.

Pandemiya tufayli Superliga taqvimida o'zgarishlar ro'y berdi va chempionat o'yinlari dekabr oyida ham bo'lib o'tishi mumkin. Shunday bo'lishi deyarli aniq. Bu holatda "Surxon" futbolchilar bilan kelishuvni yana bir oyga uzaytirib tursa kerak.


Abdixoliqov, Muhitdinov, Kenjaboev va Saitov "Nasaf"ni tekinga tark etishi mumkin          

Yil so'nggida "Paxtakor"ni tekinga tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxati         

Shu yil oxirida "Navbahor"ning qaysi futbolchilarining shartnomasi yakuniga etadi?    

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia