0:8 hisobida mag'lub bo'lgan jamoa safida eng yaxshi bo'lgan futbolchi bahsdan so'ng nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
11 may 2018, 20:09
PRO-liganing 8-turidan o'rin olgan “Zomin” - “Xotira-79” (8:0) uchrashuvining mehmonlar tarkibida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Sohib Abdullaev uchrashuv haqida quyidagilarni aytib o'tdi.

-    “Bugungi uchrashuvda yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qildik, jamoamizda ko'p yoshlar o'ynadi. Bilmadim bugun yigitlarga nima bo'ldi. Bunaqa yirik hisob bo'lishini kutmagandik. To'g'risi g'alaba qozonishga kelgandik, o'yin davomida shokka tushib qoldik. Keyingi o'yinga bugungi o'yindan xulosa chiqargan holatda, yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz”, - dedi Sohib Abdullaev.


Akmal Rahmatullaev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia