So’nggi yangiliklar

01:18"Бавария" Тухелнинг ўрнини эгаллаши кутилаётган номзод билан музокараларни бошлаб юборди  0 00:52Икер Касильяс ЕЧЛ финалида "Реал" дарвозасида ким туриши кераклигини айтди  1 00:30Чемпионларни сақлаб қолиш: "Байер" ёзда кимларни йўқотиши мумкин? (мутолаа учун)  0 00:11"Реал" Мбаппе трансферини Чемпионлар лигаси финалидан сўнг эълон қилади!  6 23:30Ривалдо ЕЧЛ финали ҳақида: "Боруссия Д" ғалаба қозонади"  15 23:22Расман: Килиан Мбаппе июнь ойида ПСЖни тарк этишини эълон қилди  12 23:09Бразилия термаси Америка кубоги учун қайдномасини эълон қилди. Рўйхатда Каземиро йўқ  7 22:42Хуммельс ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди. Матс Винисиусни ортда қолдирди  5 22:20Про лигада 7-тур ортда қолди. Турнир жадвали қандай кўринишда?  1 22:03Футзал бўйича Олий лига. "Oil Star" "Навбаҳор"ни мағлубиятга учратиб, кумуш медалларга эга чиқди!  1 21:30ОФК Куала-Лумпур шаҳрида терма жамоалар мураббийлари учун конференция ўтказди. Катанец бу конференцияда кўриниш бермади  11 21:00Про лига. "Бухоро" йирик ҳисобда "Олимпик-MobiUz"ни мағлубиятга учратди  32 20:51Гнабри жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  2 20:35Ўша машҳур дўппи аукционда 50 миллион сўмга сотилди!  13 20:10"Арсенал" чемпионлик парадини режалаштирмоқда  10

Yaxshi ham Ravshan Ermatov bor... Yangiliklar

Yaxshi ham Ravshan Ermatov bor...

JCHni hech bo'lmasa u kishi uchun ko'ramiz deymizda... Yana matematika? To'g'ri, bizda ne ne ulamolar bo'lmagan deysiz. Kompyuter asridan avval juda ko'p malumotlarni hisob kitob qilib tashlashgan.

Lekin, bu bizning muxlislarimizga har ciklda ikki kara ikkini qayta-qayta yodlatish kerak degani emas. Qatarni yutsak, Eron koreyslarni yutsa, keyin biz Eronda hech bo'lmasa durang o'ynab, o'z uyimizda Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchratsak... sak, sak, sak...

Kecha Janubiy Koreyani mag'lubiyatidan xursand bo'lganlar bir narsani unutgan edilar, biz Koreyaga emas, Xitoy O'zbekistonga yaqinlashib olgandi. Statistik malumotlarga ko'ra ikkinchi jahon urishidan ham cho'zilib ketgan Suriya urishidan jabr ko'rayotgan millat vakillari, kecha ularga nisbatan barcha narsasi muhayyo qilingan O'zbekiston milliy terma jamoasini nafaqat hisob, balki o'yin borasida ham mag'lubiyatga uchrata oldilar. 

Gol urish bo'yicha statistika 6:4 Suriya foydasiga, huddi shunday holat zarbalar soni, 15ga 10. Hujumlarni foydali yakunlash ham raqiblarimizning foydasiga, 39-23. Yana bir ayanchli malumot, himoya markazidan bizda bironta futbolchimiz o'ng qanot tomon hujum boshlamagan. Bunday o'yin yaqin yillar ichida MTJda bo'lmagan. Maydonning holati ikkinchi daraja, shu maydonda Suriya terma jamoasi uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Erondan uchralgan mag'lubiyatni Odil Ahmedovni o'ynamaganligi bilan izohlagan murabbiyimiz, Vitaliy Denisovni o'rniga, ikki yilga yaqin urinishdan keyin ham o'ng qanotda o'yini chiqmagan Islom To'xtaxo'jaevni chap qanotga qo'yganining tagida qanday falsafiy mano yotganligini ochig'i bironta futbol mutaxassisi tushunmagan bo'lsa kerak. To'xtaxo'jaev maksimum tayanch himoyasida o'ynashi mumkin. U qanot himoyachisi bajarishi mumkin bo'lgan kuchga ega emas. Uning joyi markazda va o'sha erdan unumli foydalanish kerak. Istalgan kompyuter o'yinini o'ynasangiz ko'rasiz, 70 kuchga ega bo'lgan futbolchini joyini almashtiring, u 35-40ga tushib ketadi. Agar To'xtaxo'jaev barcha nuqatada birdek o'ynay olganida bugun Denisov oliy ligada, u Rossiyada bo'lardi. Krimec esa kechagi o'yin uchun kerak emas edi. O'yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchining xizmatidan foydalanish kechagi o'yinning eng katta xatosi bo'ldi. O'ng qanot muammosini allaqachon SHorahmedov bilan yopsa bo'lardi. Ammo bu ish qilinmadi, Tursunov MTJdagi faoliyatini yakunlab qo'ysa ham bo'laveradi, endi uni chaqirishdan foyda yo'q. 

Achinarlisi shundaki, Babayanning o'yinini o'qib olgan Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi himoyaga yotib olmadi. Bizdan ortiq hujum qilgan bo'lsa qildiki, avtobus haqida umuman o'ylamadi. Istalgan muxlis terma jamoamiz tarkibini aytib bera oladi, qachon, kimni o'rniga qaysi futbolchi tushishini. SHunday pallada, tasavvur qiling raqibning MURABBIYI bizni qanday o'rganadi?

Suriya bilan o'yindan keyin qolgan to'rtta o'yinni yutishimizga ishonadiganlar yo'q emas. Lekin narigi tomondan Saudiya Arabistoni emas, Avstraliya yoki Yaponiyani chiqib kelish ehtimoli yuqori ekanligini inobatga olsak, ortiqcha siqilmasdan, eson omon shu ciklni tugatib olay deysan kishi. Aynan kecha bizga o'sha paytlar millionlab futbol muxlislariga yoqmay qolgan Qosimovning "qanot" taktikasi etishmadi. Murabbiy aqilli (raqib) bo'lsa markazni yopib qo'yish oson. Undan keyin bizda Messi yoki Ronaldu yo'q-ki, 3-4 kishini ko'rmadim deb kirib borsa. Maydon markazidan ish chiqmagan bo'lsada, Rashidovni tushirish orqali qanotni kuchaytirish mumkin edi. Rashidov o'ynolmagan taqdirda ham, kechagi o'yin fonida eng yaxshi bo'lishi mumkin edi. Bahonalar o'tmaydi bizga, etar balki? 

Terma jamoa qarib borayapti, bundan 2-3 yil avvalgi o'yindan asar ham yo'q. Bunday pallada bironta murabbiy uni qabul qilib olishga botina olmasa kerak. Babayan, agar ishdan olinmaganimda natijaga bari-bir erishardim degan gapni keyinchalik aytmasligi uchun, ciklni davom ettirishi kerak. Biz va siz bunga ko'nikishga majburmiz, endi Qatarda bo'lib o'tadigan JCHga tayyorgarlik ko'rish, tarkib yutsa-yutmasa yoshartirib yuborish kerak. Ertaga bu ishni qilgandan ko'ra, ertangi muvaffaqiyat yo'lida bugun boshlashimiz kerak. O'zgargan MTJ natijaga erishishni boshlab qolgan taqdirda ham, bizga yangi xorijdan murabbiy kerak.

Bizni dushmanga chiqarayotgan ayrimlardan so'rardik-ki, biz xalq dushmani emasmiz, bilib qo'ying, biz Sizlardan ko'ra ko'proq muvaffaqiyatni istaymiz, o'zingizni aldab nimaga erishayotganingizni ko'ring. Na MTJda, na YOTJ, na O'TJda natija qolmadi. Natija-ku, mayli o'yinni o'zi armon bo'lib qolayapti...

Ha, aytganday, yaxshi ham Ravshan Ermatov bor! Yana bir narsa bor, agar futbolkani rangi bilan g'alaba qozonib yurish mumkin bo'ganida, oliy ligamizda hamma ko'k rangdagi futbolkani kiyib olgan bo'lardi. Yaxshisi keyingi safar futbolkalar haqida malumot berayotganda, faqat mehmon jamoanikini aytib qo'ysangiz bo'lgani. 

P.S: Biz MUXLIS tomonidamiz, Siz biz tomonda bo'ling. Sayt zarariga ishlashi mumkin bo'lgan fikrlarni yozmasligingizni iltimos qilamiz!


Reyting: +127   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика