So’nggi yangiliklar

09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  0 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  12 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  0 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  3 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  8 01:57Ла Лига. Арда Гюлер "Реал"га ғалаба тақдим қилди!  63 01:40Меҳди Тареми Италия чемпиони сафига қўшилади! (Фабрицио Романо)  3 01:24Арда Гюлер ажойиб натижа қайд этмоқда  1 01:12"Арне Слот – "Ливерпул"нинг янги бош мураббийи!" – Фабрицио Романо  12

Terma jamoalar markazi xodimi o'zbek jurnalistlarining saviyasi past deya, o'zini ulardan ustunmiz degan fikrni ilgari surayapti Yangiliklar

Terma jamoalar markazi xodimi o'zbek jurnalistlarining saviyasi past deya, o'zini ulardan ustunmiz degan fikrni ilgari surayapti

Har doim o'zini barcha-barchadan aqlli biluvchi terma jamoalar markazi xodimi SHerzod Igamberdiev, kuni kecha MTJ murabbiylariga haykal qo'yish kerak deb, butun futbol jamoatchiligiga sharmanda bo'ldi.

Kuni kecha bo'lib o'tgan matbuot anjumanida, Vitaliy Denisovni maydonga tushmasligi malum bo'lgach, futbol tilida aytganda u o'z dublini nishonladi.

Rossiyaning championat.com saytida chiqqan xabar asosida, saytimizda Denisovni maydonga tushmasligi haqida xabar bergan edik. Aynan shu xabarni o'zining ijtimoiy tarmog'iga qo'yar ekan, terma jamoalarga o'rtoqlik uchrashuvlarini topish bilan shug'ullanadigan bo'limning etakchi mutaxassisi shunday deb yozadi?

"Bizning jurnalistlar yana bir bor o'zlarining "professionalliklari" bilan ajralib turishibdi. Axborot olmay turib, bunday xabarlarni tarqatishdan ne foyda? Men hozirgina "Lokomotiv" shifokori bilan gaplashdim, Vitaliy Denisov faqatgina Suriyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.


Xop, gaplashibsan, ber shuni the-uff.com degan saytga! Nima halaqit qildi, terma jamoa va "Lokomotiv" shifokorining gaplari asosida kichik xabar bermaslikka, butun xalq shuni kutib turgan bir pallada? 


Bizning jurnalistlar, Avstraliya, Koreya, Xitoy, Yaponiya, BAA, S.Arabistoni, Malayziya, Tailand, Iordaniya, Eron va Qatar kabi davlatlar ichida top-6ga kiradimi? Bizning jurnalistlar "Al Jazira" yoki Xitoyning CCTV kanali vakillaridan ustunmilar, hecham-da. Bizning futbol, jurnalistlarimizning saviyasidan baland, ular bizni Braziliya bilan o'ynamaganimiz uchun tanqid qiladilar. Biz ham ularni tanqid qila olamiz, nima uchun ular ECHL o'yinlariga bormaydilar, nima uchun JCHga bormaydilar, "Logichno"?

Farosatinga seni! O'zbekiston JCHga chiqmasa, balo bormi u erga borib sarf-xarajat qilib. O'zbekiston qaysi yirik musobaqaga bormadi, biz qolib ketdik? Osiyo Kubogi 2007dan boshlab OAV doimiy tarzda O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan qita chempionatlarida ishtirok etib borayapti. Barcha yoshdagi JCHlarda o'zbekistonlik OAV vakillari qiyinchilik bilan bo'lsada borayaptilar. ECHLga balo bormi bizga, OCHLda ishtirok etib turgan paytimizda. 

Bundan 3 yil avval Bora Milutinovich Toshkentga tashrif buyurganida, Behzod Nazarov ikkimiz suhbatlashib o'tirganimizda bir gapni aytgan edi. Sizlar nafaqat o'zingiz, balki boshqa mamlakatlar haqida ham yaxshigina axborotga ega ekansizlar, qoyil. Sen kim-u, Bora Milutinovich kim? So'rab ko'r Bora amakidan!

Bu o'zbek futboliga, bironta kompaniya, hatto "Kango" va "Zizi" pul tikmayapti OAV saytlariga, gazeta-yu, TVga. Bironta kompaniyaga oliy liga o'yinlarida reklama qo'yish qiziq emas. Agar o'sha kompaniya bo'lganida, O'FFning doimiy hamkoriga aylanib ulgurgan bo'lar edi. Nega ular bokschilarni reklamaga olib chiqishayapti, nega Nuritdinovni? Nega futbolga kelishmayapti? Aynan o'shalar qiziqqanidan keyingina OAVda pul bo'ladi. Faqat OAVgina futbolda o'zini o'zi taminlashga o'tib olgan yagona soxa!

Sen jurnalistikasini maqtayotgan davlatlar futbolchilarni olib taxlillarda foydalanayaptilar, chunki ularning futboliga marketing tomonidan qiziqish bor. Senda-chi? "Vakmak" ham yo'q!

OAV bu to'rtinchi hokimiyat! Uni Birinchi Prezidentimiz ham, bugungi Prezidentimiz SHavkat Miromonovich ham qo'llab-quvvatlayaptilar. Sen kim bo'libsanki, bir necha yillik tarixga ega o'zbek jurnalistikasini saviyasi pastlikda ayblaysan.

Sen aytayotgan top mamlakatlarda bironta jurnalist Axbor Imomxo'jaev va Vladimir Safarov kabi yuzlab kitob yozganmi? Vladimir Safarov MDH davlatlari ichida, sport soxasida eng ko'p kitob yozgan jurnalistlar ichida birinchi o'rinni qo'lga kiritganidan xabaring bormi?

Mirzahakim To'xtamirzaev, Davron Fayziev, Xayrulla Hamidov, xudo rahmatiga olgan bo'lsin, Davlat Turdialiev kabi TVning metrlarining soyasiga ham eta olmasligini bilasanmi, sen sanab o'tgan TV kanal vakillarini?

OAVning yaxshi ishlamasligi, PFLni, Markazni va O'FFni baxti, shuni bilib qo'y! Qaysi oliy liga o'yinlarida, qaysi MTJ o'yinlarida sharoit yaratib qo'yilgan OAVga? Terma jamoa o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi azosi sifatida, fotomuxbirlar uchun o'rindiq qilib qo'y. O'sha sen aytayotgan JCH va ECHL o'yinlarida shunday sharoitlar bor. Senga birov Braziliya bilan o'yin qil dedimi? Oddiy klub bilan o'ynab turib xabarini berishni bilmaysizlar-ku, OAV aybdor. 

U qilayapmiz, bu qilayapmiz, kechgacha ishlayapmiz. Minnat qilma, maosh olayapsan. CHetma-chet yuribsan, xalqning hisobidan. Bitta o'rtoqlik o'yini tashkil etib, daromad oldik deb hisobot ber, keyin OAV ustidan mag'zava ag'dar. Faqatgina OAV o'z aravasini, o'zi tortayapti.

Hozir Markazga bironta kompaniya borib, sizga reklama qo'yaman desa, necha pul deyishni ham, uning reklamasi qaerda chiqishini ham aytib bera olmaydi. CHunki dasturni o'zi yo'q. 

O'FFga ham qoyil qolmadik, shuncha yillardan beri ish bermayotgan xodimni olib o'tirganiga. Til bilsa bo'ldi go'yo. Xalqaro o'yinlarni tashkil qiladigan xodim futbolni tushunishi shart emas. Diplomat bo'lishi kerak. U pochtadan xat yuborib qo'yib, tunggi ikkigacha unga tikilib o'tirishi emas, davlatlarni kezib xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish kerak. Federaciyalar bilan kelishish kerak, bu yil uchun bo'lmasa, keyingi yil uchun o'yinlar izlashi kerak. Nahot-ki, O'FF shuni tushunib etmagan bo'lsa?

Biz har doim O'FF tomon bo'lishni, ular bilan hamkorlik qilishni istaymiz-u, mana shundaylarni deb aloqalar buzilib boraveradi.


Yoshlar va o'smirlar futboli ilgarilab ketgan emish... Bolalar futbolida nima bo'layotganini, kimga aytsang ham, "CA"ga aytma. Tarkib qanday tuziladi-yu, qanday JCHga boriladi, kimning farzandini maydonga tushirish majbur-u, kimnikini hattoki qaydnomaga kiritilmasligini. Kimni yoshi kichraytirilgan-u, kim o'z yoshi bilan musobaqadan qolib ketganini. Istedodli murabbiylaringdan qay biri chet elga ishlagani borayapti? Hakamlik uchun Ravshan Ermatovga rahmat aytib qo'y. Uni sen tarbiyalab qo'ymading. Ayollar futboli nima qildi? Osiyoda top-4ga kirdimi? Xitoy va Yaponiya allaqachon jahon chempionatlarida "lider". 

SHerzod Igamberdiev o'z o'quvchilariga savol berar ekan, Bizda "CHorsu"dagi gap sotuvchilardan farq qiladigan qancha jurnalist bor deya savol bilan murojaat qildi? TJM xodimi, o'zbek futboli jurnalistikasini BOZORchilarga o'xshatishiga nima deysiz?

SHu xodim markazda faoliyat olib borar ekan, markaz tomonidan tashkil qilinadigan bironta tadbirda saytimiz vakillari ishtirok etmaydilar. 

P.S: Uning yana bir qator asossiz gaplariga javob berib o'tirishni o'zimizga ep ko'rmadik.

Championat.asia sayti jurnalistlari!


Reyting: +148   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика