So’nggi yangiliklar

09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  0 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  0 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  2 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  4 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  23 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  2 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  26

Tahlil. Gazzaev rus futbolining inkiroz sabablarini sanab berdi Yangiliklar

Tahlil. Gazzaev rus futbolining inkiroz sabablarini sanab berdi

Teglar :  Valeriy Gazzaev
Mashhur murabbiy, hozirda Rossiya Federaciyasi Davlat Dumasida deputat va sport va jismoniy tarbiy qo'mitasi raisi o'rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan Valeriy Gazzaevning fikricha, Rossiya terma jamoasining salbiy natijalariga faqat murabbiy futbolchilar aybdor emas.

- Milliy jamoaning o'yini yana bir bor yomon taassurot uyg'otdi. Men bahsni televizor orqali tomosha qildim va sharhlovchining birinchi bo'limdagi so'zlaridan hayron bo'ldim: "Terma jamoa pozicion himoyada yaxshi o'ynayapti". Yoki u atayin muxlislarni chalkashtiryapti yoki, qo'pol so'zlarim uchun kechirasiz, jamoa ustidan kulyapti. Gap himoyadagi qaysi harakatlar haqida ketmoqda?! O'sha paytda deyarli ikkinchi tarkib bilan o'ynagan Belgiya terma jamoasi to'pga egalik qilish bo'yicha ustun edi (30 - 70). Rossiya ijrosidagi futbol sifati juda past bo'ldi va so'nggi daqiqalarda urilgan gollar bizni chalg'itmasligi kerak. Bahsdagi yagona yorqin jihat bu "Fisht" stadionining muxlislar bilan to'lishi va maydonning ajoyib holati bo'ldi. Ammo umid qilamanki JCH-2018 oldidan infratuzilma borasida muammolar bo'lmaydi. Albatta sportchilarimizning natijalaridan farqli ravshida...

Tan olish kerak, rus futboli tizimi inqirozda. Avvalroq ushbu savolni ilgari surish kerak edi: Bu o'rada ekanligimizga kim aybdor?

So'nggi yillarda asosiy aybdorlar murabbiy va futbolchilar bo'lib qoldi. Buni Advokat, Kapello, Sluckiy boshidan o'tkazdi, endi navbat CHerchesovga. Futbolchilar ham jiddiy tanqid ostida qolishmoqda. Natijalar esa borgan sari yomonlashib ketyapti. Evro-2016 dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng yangi bosh murabbiyi 7 ta nazorat uchrashuvida milliy terma jamoa safida o'ynashga davogar bo'lgan barcha futbolchilarga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berdi. Bizda terma jamoa uchun futbolchilar tanlovi katta emas. Umid qilamanki murabbiy to'g'ri qaror qabul qilib, JCHda ishtirok etadigan futbolchiga kerakli baho bera oladi.

Sodir bo'layotgan voqealar uchun javobgarlikni rus futboli rahbariyati ham o'z bo'yniga olishi kerak. Men xatto hozirgi natijalar haqida gapirmayapman, umuman futbolimizning holatini nazarda tutyapman. Biz murabbiylarni almashtirishimiz, chet elliklarni naturallashtirishimiz mumkin - bu eng asosiysini o'zgartirmaydi. Rossiya futbolini noto'g'ri boqarish quyidagi oqibatlarga olib keladi:

Birinchi. Mamlakatmiz 7 yil oldin JCH-2018ni o'tkazish huquqini qo'lga kiritdi. 2010 yildan boshlab hech qanday sifatli o'sish kuzatilmadi. RFI tomonidan kelajak uchun Rossiya futbolining rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmadi.


Ikkinchi. RFI avvalroq qilinishi kerak bo'lgan hech qanday islohot o'tkazmadi.

Uchinchi. Futbolimizda legionerlarga bo'lgan limit davom etmoqda va katta maoshlar tufayli butun bir avlod futbolchilarining rivojlanmasligiga olib keldi.

To'rtinchi. Bolalar va o'smirlar futboli bilan hech kim shug'ullanmayapti, demak, Rossiya futbolining kelajagi yo'q. Terma jamoaga davogar futbolchilar yo'qligidan buni bilish mumkin. Borlari esa, xalqaro darajaga javo bermaydi.

Beshinchi. 2010 yildan buyon bizning terma jamoasi ikkita Evropa chempionati va bitta Jahon chempionatida ishtirok etdi, bitta mundialni o'tkazib yubordi. Bu musobaqalar bizning jamoa uchun uydagi JCH-2018ga tayyorgarlik bo'lishi kerak edi. Buning o'rniga – sharmandalik ketidan sharmandalik, har bir keyingi musobaqa oldingisidan yomon tugayverdi. Har bir ciklda yangi murabbiy paydo bo'laverdi. JCH-2018ga tayyorgarlik haqida gap-so'z bo'lgani yo'q.

Oltinchi. Bizning terma jamoa FIFA reytingida 61-o'ringacha tushib ketib antirekord qayd etdi. Bizni bundan ham yomonrog'i kutayapti shekilli.

Ettinchi. Rossiya jahon futbolidagi hamda xalqaro futbol tashkilotlarida o'z obro' va etiborini yo'qotdi.

Sakkizinchi. 1947 yildan buyon ilk bor Rossiyadan FIFA va UEFA boshqaruvida bironta vakil yo'q. Bu xalqaro futboldagi muhim masalalarni echishda katta minus va keyingi mundial bizda bo'lishini hisobga olsak absolyut nonsens.

Xuddi Rossiya futboli rahbarlarini barchasi qoniqtirayotgandek taassurot qoldirmoqda. Agar yana natija bo'lmasa, barcha yana murabbiy va futbolchilarni tanqid qiladi. Ayni paytdagi RFI tizimida afsuski men rivojlanishni ham, kelajakka ishonchni ham ko'rmayapman.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика