So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  1 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   10 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  5 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  16 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

Suriya terma jamoasi biz uchun qanchalik xavfli? Yangiliklar

Suriya terma jamoasi biz uchun qanchalik xavfli?

Suriya terma jamoasi bugun O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi Jahon chempionati 3-saralash bosqichida guruhdagi 6-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Ushbu o'yin oldidan biz sizlarga Suriya terma jamoasi haqida malumot beramiz.

Suriya futbol federaciyasi 1936 yili tashkil topgan bo'lib 1937 yili FIFAga 1970 yili esa OFKga azo bo'lgan.  Ilk xalqaro uchrashuvini Turkiya terma jamoasiga qarshi o'tkazib (0:7) hisobida mag'lub bo'lgan.

Suriya terma jamoasi ilk bor 1958 yili Jahon chempionati saralash bosqichida qatnashadi. SHu yili Suriya terma jamoasi ilk bor Osiyo qitasi nomidan ishtirok etadi. 1966 yilgi Osiyo qitasida ikkita terma jamoa mundial ishtirok etish uchun saralash bahslarida qatnashadi. Ushbu ikki terma jamoaning biri Suriya ikkinchisi Isroil milliy terma jamoasi bo'ladi. Ular Evropa kontinental zonasi nomidan ishtirok etishi kerak bo'lgan. Suriya terma jamoasi o'shanda jahon chempionatidagi Afrika va Osiyo terma jamoalariga qarshi baykotga qo'shiladi. Mana shu ishi uchun FIFA Suriya terma jamoasini mundialdan chetlashtiradi. 1986 yili Suriya terma jamoasi Jahon chempionati final raundida ishtirok etishi uchun bir qadam qoladi. Ammo, Italiya terma jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat ularni mundialda ishtirok etishdan mahrum qiladi.



Osiyo kubogida Suriya terma jamoasi 5 marotaba ishtirok etgan, 2011 yili so'nggi bor qita chempionatida ishtirok etgan. Osiyo chempionatlari tarixida “qora burgutlar” guruh bosqichidan uyog'iga o'ta olishmagan. Suriya terma jamoasi 2010 yilgi mundialda ham 2014 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etmaydi. 2010 yilgi dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun “qora burgutlar” saralashdan o'ta olishmaydi. Suriya termasi Jorj Muradni to'liq mahalliylashtirmasdan noqonuniy ravishda ro'yxatdan o'tkazgani uchun 2014 yilgi mundial saralashidan chetlashtiriladi. Avval Jorj Murad SHveciya yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan bo'ladi. 2015 yili Avstraliyada bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga saralash bahslaridan o'ta olmaydi. O'zbekiston milliy terma jamoasi 1996 yili 12 dekabrda Osiyo kubogida Suriya terma jamoasiga qarshi ilk uchrashuvini o'tkazgan. O'shanda vakillarimiz “qora burgut”larga  (1:2) hisobida imkoniyatni boy berishadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bundan 20 yil avval BAA davlatida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida to'qnash kelishgan. O'shanda suriyaliklarning qo'li biznikilardan baland kelgan. O'sha musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya, Yaponiya va Xitoy terma jamoalari  bilan bir guruhdan joy olishadi. Afsuski, milliy terma jamoamiz ham Suriya terma jamoasi ham guruhda 3 ochko jamg'argan holda qolib ketadi. Lekin, biz bilan bir xil ochko jamg'argan Xitoy termasi to'plar  nisbati evaziga bizdan o'zib ketadi. O'sha musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi guruh bosqichidagi o'yinda kichik hisobda imkoniyatni boy beradi. SHundan so'ng vakillarimiz Suriya termasi bilan biror marotaba ham to'qnash kelishmaydi. Mana shu alamli mag'lubiyatdan 20 yil o'tib O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichida Suriya terma jamoasi bilan bir guruhdan joy oldi. To'g'ri, har ikkala terma jamoada ham avlodlar almashinuvi bo'lib tarkiblar 100 foizga o'zgargan. Lekin, hech qachon natija o'zgarmaydi. Tarix tarixligicha qoladi. 

Suriya terma jamoasi laqabi: “Qora burgutlar”
Federaciya
: Suriya futbol assosiaciyasi
Bosh murabbiyi: Ayman Al-Hakim
Eng ko'p gol urgan futbolchisi: Raja Rafi
Stadioni: Aleppo International stadium
FIFA kodi: SYR
FIFAdagi o'rni: 105 (11 avgust 2016)
Eng yuqori o'rni: 78 (1993 avgust)
Eng past o'rni: 152 (2014 sentyabr, 2015 mart)

Taniqli futbolchilari:
Burxon Saxiuni, Assaf al-Xalifa, Anas Maxlyuf

Ilk xalqaro uchrashuvi:
Turkiya – Suriya 7:0 (Turkiya, Anqara, 20 noyabr 1997)

Eng yirik g'alabasi:
Suriya - Maldiv 12:0 (Damashq, Suriya 4 iyul 1997) Maldiv - Suriya 0:12 (Tehron, Eron 1997 9 iyun)
Suriya - Filippin 12:0 (Aleppo, Suriya 30 aprel 2001)

Eng yirik mag'lubiyati:
Greciya - Suriya 8:0 (Atenc, Greciya 25 noyabr 1949)
Misr - Suriya 8:0 (Aleksandria, Misr 16 oktyabr 1951)

Osiyo chempionatidagi ishtiroki:
1980 yili ilk bor ishtirok etgan va 5 pog'onani egallagan.
Eng yuqori natijasi: guruh bosqichi 1980, 1984, 1988, 1996 va 2011


O'zbekiston-Suriya  1:2
12 dekabr 1996 yil. "Taxnun bin Muxammad" stadioni. Osiyo kubogi guruh uchrashuvi. 2000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ali Busayim (BAA)
Gollar: Nodir Joxadar 49, Sergey Lebedev 54 (pen), Ali Dib 74
O'zbekiston:  Pavel Bugalo, Aleksey Semenov (Ulig'bek Zo'zimov), Farxod Magomedov, Gennadiy Denisov, Eduard Mamotov (No'mon Hasanov), Sergey Lebedov, Stepan Atoyan, Ilxom SHaripov, Nikolay SHirshov, Oleg SHackix (Dilmurod Nazarov), Igor SHkvirin
Bosh murabbiy Bahodir Ibragimov
Suriya: Moxir Berakdar, Yosir Sibaiy, Xasan Abbos, Toriq Jabban, Muxammad Afash, Ali Dib, Abdullatif Xelu, Xolid Zoxir, Xotim G'ayb, Nodir Joxadar, Ammor SHavaliy (Ammor Avad).
Bosh murabbiy Yuriy Kornin (Bularus)


O'zbekiston - Suriya 1:0
1 sentyabr 2016 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Ryuji Sato, Toru Sagara, Xiroshi Yamauchi, Kimura Xiroyuki (barchasi Yaponiya)
Komissar: Tox Sen Ni (Malayziya)
Gol: Aleksandr Geynrix 74, - 1:0.

O'zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 18.Otabek SHukurov, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 9.Odil Ahmedov, 7.Aziz Haydarov (14.Javohir Sohibov, 67), 8.Server Jeparov, 23.Eldor SHomurodov, 10.Sardor Rashidov (15.Aleksandr Geynrix, 56), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Salamat Qutiboev, 3.Azimjon Ahmedov, 4.Marat Bikmaev, 6.Jasur Hasanov, 12.Ignatiy Nesterov, 13.Davronbek Hoshimov, 16.Stanislav Andreev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Jamshid Iskanderov.

Suriya: 1.Ibrohim Almeh, 2.Ahmad Al Saleh, 3.Mouaiad Al Ajjan, 5.Omro Al Midani, 7.Nadim Sabog' (11.Osama Omari, 62), 8.Omar Xarbin, 9.Mahmud Al Mavas, 10.Abdulrazzoq Al Hussayin (19.Muhammad Rafat Muhtadi, 84), 15.Alaa Al SHbli, 16.Hamid Mido (20.Xolid Al Mbayed, 69), 18.Zohir Al Medani.
Zaxira: 22.SHohir Al SHokir, 23.Ahmad Madaniex, 4.Jihod Al Baour, 6.Amro Jeniat, 12.Txaer Kruoma, 13.Yusuf Kalfa, 14.Ahmad Ashkar, 17.Hussayin Al Jvayed, 21.Nassux Nakkdali.

Ogohlantirishlar: Omro Al Midani 26, Zohir Al Medani 39, Abdulrazzoq Al Hussayin 42, Ahmad Al Saleh 82.



Suriya terma jamoasining O'zbekiston va Janubiy Koreya bilan o'yinlar uchun tarkibi:

Darvozabonlar:
Ibrohim Alma ("Al Ittihod", Suriya), Ahmad Madania ("Al Jayish", Suriya), Mahmud Al Yusuf ("Viktori", Maldiv orollari)

Himoyachilar: Ahmad Al Solih ("Xenan Jiane", Xitoy), Alaa Al SHbli ("Naft Al Vasat", Iroq), Moayad Ajan ("Naft Al Vasat", Iroq), Hussayin Jvayed ("Al Zavra", Iroq), Umar Midani ("Al Vahda", Suriya), Xodi Al Masri ("Al Vahda", Suriya)

Yarim himoyachilar: Mahmud Al Mavas ("Umm Salal", Qatar), Osama Omari ("Al Vahda", Suriya), Xolid Al Mobayed ("Al Vahda", Suriya), Oday Al Jafal ("Al Najaf", Iroq), Tamer Muhammad ("Dofar", Ummon), Amro Jeniyat ("Al SHabab", Ummon), Fahd Yusuf ("Al Jazira", Iordaniya), Izzeddin Al Avad ("Al Jayish", Suriya), Vael Al Rifai ("Al Jazira", Iordaniya)

Hujumchilar: Omar Xarbin ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni), Nasuh Al Nakdali ("Al Ittihod", Suriya), Firas Al Xatib ("Al Quvayt", Quvayt), Ahmad Al Douni ("Al Najaf", Iroq), Mardik Mardikian ("Al Jazira", Iordaniya)

Eslatib o'tamiz, Suriya - O'zbekiston o'yini Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика