Skoulz: "Runi boshqa ingliz klubiga o'tishini istamayman"
26 mar 2017 20:45
Yangiliklar
Skoulz: "Runi boshqa ingliz klubiga o'tishini istamayman"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz mankunianlar hujumchisi Ueyn Runi "qizil iblislar" safida qolishiga umid qilmoqda.
31 yoshli Runi Angliya terma jamoasining martdagi o'yinlariga chaqirilmadi. Bundan tashqari, u yozda "Everton"ga qaytishi mumkin.
"U boshqa ingliz klubiga o'tishini istamayman, umid qilamanki, u MYU tarkibiga qaytadi. Agar Runi buni uddalasa, Angliya terma jamoasiga ham qayta oladi.
Unda katta tajriba bor va bu bilimni yoshlarga ulashishi mumkin" - deydi Skoulz.
O’xshash yangiliklar
23:37
Eron Pro ligasi. O'runov 77 daqiqa harakat qilgan o'yinda "Persepolis" yirik g'alabaga erishdi 0
Fikrlar