So’nggi yangiliklar

00:11ЖЧ-2018 саралаши. Швециядан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  4 23:42Кейинги ҳафта Арсен Венгернинг келажагига ойдинлик киритилади  12 23:22«Бавария»нинг кейинги мавсум учун формаси ФОТО  12 23:01Альба «Барселона»да кўпроқ майдонга тушмоқчи  4 22:44«Ювентус» ва «Наполи» Тадичга қизиқиб қолишди  23 21:55Абдуллоҳ Олимов: "Машъал"га ёрдамим тегаётганидан хурсандман"  10 21:54ЖЧ–2018 саралаши. Ўзбекистон – Қатар учрашувининг медиа тадбирлари  68 21:24Варан умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  18 21:19Виталий Легай: "Нефтчи" билан тенгма-тенг ўйнадик"  14 21:13Александр Хомяков: "Энди "Пахтакор" билан ўйинга тайёргарликни бошлаймиз"  3 21:00Андрей Фёдоров: “Нефтчи”нинг ҳам, “Андижон”нинг ҳам ўйини қовушмади”  18 20:56"Интер" Перишич учун 60 миллион евродан кам олмоқчи эмас  9 20:54“Навбаҳор” - “Хоразм” учрашувдан кейинги фикрлар  10 20:28Мартин О’Нил: "Коулменнинг жароҳати - катта бахтсизлик"  16 20:03"Челси" Эден Азар билан янги шартнома имзоламоқчи  14

20 mar 11:58
Yangiliklar

Oliy liga. 3-tur ramziy terma jamoasi

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan 6ta uchrashuv bo'lib o'tdi. Tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing.

Bu turdan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" va "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvlari terma jamoa o'yini tufayli nomalum muddatga qoldirilgan.

Ketma-ket ikkinchi bor ramziy terma jamoa darvozasiga Muborakning "Mashal" klubi posboni Javohir Ilyosovni joylashtirdik. Bunga albatta sabablar etarli. Ilyosov "SHo'rtan" bilan o'yinda ham o'tgan turda bo'lgani kabi o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Bundan tashqari Igor Taran tomonidan penaltidan urilgan zarbani qaytarishga erishdi. Qizig'i Javohir bir tur oldin ham 11 metrli jarima to'pini qaytarishga muvaffaq bo'lgandi. Yosh posbon jamoasi 10 kishi bo'lib qolganida ham raqibning bir qator zarbalarini qaytarishga erishdi.



"Qo'qon-1912" mavsumdagi ilk g'alabani o'z maydonida "Qizilqum" ustidan qo'lga kiritdi. Mazkur o'yinda mezbonlar himoyachisi Murod Xolmuhammedov juda faol o'ynadi. U o'z qanotida raqib vakillariga imkoniyat bermadi. Bundan tashqari hujumlarda ham ko'p bor ko'rinish berib turgan Xolmuhammedov ramziy termadan o'rin oldi.



"Navbahor" vodiy derbisida "Neftchi" bilan durang o'ynadi. SHu kuni maydon egalari safida Jahongir Mehmonov sobiq klubiga qarshi juda yaxshi harakat qildi. Raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat bermagan himoyachi haqli ravishda termamizga kiritildi.



"Olmaliq" bu turda mag'lubiyatga uchradi. Lekin jamoa safida himoyachi Vladislav Kasminin juda faol va foydali harakat qildi. Legioner "Olmaliq"ning har ikkala golida ham ishtirok etdi. Dastlab uning pasidan so'ng Islom Inomov hisobni ochgan bo'lsa ikkinchi bo'limda uning o'zi oliy ligadagi birinchi golini urishga erishdi. Biroq jamoasi so'nggi daqiqalarda ikki gol o'tkazib alamli mag'lubiyatga uchradi.

Ramziy terma jamoada "Mashal"ning yana bir vakili bu himoyachi Sardor Rahmonov bo'ldi. Bu mavsum muborakliklar safiga qo'shilgan Rahmonov jamoaning asosiy vakiliga aylanib oldi. G'uzordagi bahs boshida hakam tomonidan belgilangan penaltini aynan Sardorning aniq amalga oshirgani so'zimizga isbot bo'ladi. Bundan tashqari Rahmonov himoyada ham o'z vazifasini munosib bajardi va jamoasi safarda g'alaba qozondi.



Mavsumni sensacion tarzda ketma-ket 3ta g'alaba bilan boshlagan "Dinamo"dan bir yo'la ikki futbolchi ramziy termadan o'rin oldi. Himoyachi SHohrux Xolmatov "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahsda Igor Sergeev va uning sheriklariga gol urish imkonini bermadi. Xolmatov raqibning hujumlarini qaytarishda etakchilardan biri bo'ldi.



"Neftchi" Namanganda "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab qaytdi. SHu kuni farg'onaliklar safida yagona golga Dmitriy Komarovskiy mualliflik qildi. SHu tariqa legioner futbolchi "Neftchi"ning bu mavsumdagi ilk golini urishga erishdi. Dastlabki ikki turda "Neftchi" gol ura olmagandi.



Turning yana bir sensaciyasini qayd etgan "Obod" Buxorodan 3 ochko bilan qaytdi. Jamoa o'z tarixida ilk bor ushbu klub uyidan g'alaba bilan qaytishida G'ayrat Umirovning xissasi juda katta bo'ldi. O'yindan bir kun oldin o'z tug'ilgan kunini nishonlagan yarim himoyachi Buxorodagi bahs taqdirini hal qilgan yagona golni urdi. SHunday qilib, "Obod" bu mavsumdagi ilk g'alabasini safarda kuchli raqib ustidan qo'lga kiritdi.



Dastlabki ikki turda Toshkentning ikki klubiga mag'lub bo'lgan "So'g'diyona" Jizzaxdagi ilk o'yinda muxlislarini xursand qildi. "Olmaliq"qa qarshi o'yinda Davron Fayziev shogirdlari 1:2 hisobida ortda qolib turib so'nggi daqiqalarda ikkita gol urib irodali g'alabaga erishdi. SHu kuni zaxiradan maydonga tushgan SHohrux Dostonov bahs qahramonlaridan biriga aylandi. Aynan uning 88-daqiqada urgan goli "So'g'diyona"ga mavsumdagi birinchi g'alabani keltirdi. Bahs so'nggida esa Dostonov ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi.



"Dinamo" yarim himoyachisi Javohir Qahramonov dastlabki ikki turda ham juda yaxshi o'ynagandi. Biroq ramziy termamizdan o'rin ololmagandi. 3-turda nihoyat Qahramonov qahramonlar safiga qo'shildi. Yarim himoyachi bahs davomida mezbonlarga tinchlik bergani yo'q. Bundan tashqari Radu Rogak "Paxtakor" darvozasiga golni aynan Javohirning to'p uzatishidan so'ng kiritdi.



Hujumda faqat bir nafar futbolchini tanlab olishga qaror qildik. O'tgan turda ham ramziy termadan joy olgan serbiyalik Filip Rayevac bu safar ham unga kiritildi. "Qizilqum" bilan bahs taqdirini hal qilgan yagona golni aynan Rayevac urdi.



Championat.asia talqiniga ko'ra 3-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon

Javohir Ilyosov "Mashal"

Himoyachilar
Murod Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"
Jahongir Mehmonov "Navbahor"
Vladislav Kasminin "Olmaliq"
Sardor Rahmonov "Mashal"
SHohrux Xolmatov "Dinamo"

Yarim himoyachilar
Dmitriy Komarovskiy "Neftchi"
G'ayrat Umirov "Obod"
SHohrux Dostonov "So'g'diyona"
Javohir Qahramonov "Dinamo"

Hujumchi
Filip Rayevac "Qo'qon-1912"


Reyting: +15   

Fikrlar

+4   
20 mar 12:09:36
Biz Qo'qonga Ishonamiz
Rayevats ajoyib iqtidor egasi. Qizilqum ximoyachilari uni ushlab qola olishmadi. U yoshbolani aldagandek yengil xarakat qildi. Filip ajoyib transfer bo'ldi. O'rtoqlik uchrashuvlaridayam 6 uchrashuvda 5 ta gol urgandi. Oliy ligada 3 ta o'yinda 2 gol. Olg'a Qo'qon
+2   
20 mar 22:35:34
Боян &
Anvar foydalanuvchining fikriga javob berish
MASHI SASTAF KAREYNA O`YLAMASTAN TRENERO`FKA QIMASTAN YUTADI
маши составни МТЖ итбола қилиб ўйниди)))
+2   
20 mar 14:33:17
Musĺihiddin
dinamoga shon-sharaflar bulsin
+2   
20 mar 14:07:03
Азиз
Рамзий терма дарвозасида ҳали ўз дарвозасидан тўп олиб чиқмаган, Тошкентда ҳатто Пахтакор гол уролмаган Михаил Наумовни қўйиш энг адолатли иш бўларди, афсус бу сайтда анти Динамочилар ҳам ишлашади
+2   
20 mar 12:02:23
alishernavoiy
бу футболчилар хеч качон МТЖ га чакирув ололмайди
+1   
21 mar 18:04:06
Мини бразилия
sanjar.real. foydalanuvchining fikriga javob berish
11sektordagi muxlislar nomidan jaxongir yaxwi oyinchi ammo shu kuni uning oyini oxwamadi chunki ong qanotda oynagani bolsa kerak sizlarga qanday bilmadimku shu kuni gol bolgan vaziyatda burchak topi ham jaxongirni hatosi edi 2-bolimda ham hatolar davom etdi shu sababli u almawtirildi qanday qilib ramziy termada bilmadim.toxir shamsiddinov ozini yaxwi korsatdi.giyos hatto jiddiy jarohat bn oynadi azam aliyev ozini yaxwi his qildi va bowqalar lekin jahongir emas.
Рост Жахонгирдан Ғиёс яхши уйнади,голда аниқ жахонгирни айблай олмайман,мен 19 секторда эдим,лекин жахонгирни қанотиданлиги туғри
+1   
20 mar 20:59:05
sanjar.real.
11sektordagi muxlislar nomidan jaxongir yaxwi oyinchi ammo shu kuni uning oyini oxwamadi chunki ong qanotda oynagani bolsa kerak sizlarga qanday bilmadimku shu kuni gol bolgan vaziyatda burchak topi ham jaxongirni hatosi edi 2-bolimda ham hatolar davom etdi shu sababli u almawtirildi qanday qilib ramziy termada bilmadim.toxir shamsiddinov ozini yaxwi korsatdi.giyos hatto jiddiy jarohat bn oynadi azam aliyev ozini yaxwi his qildi va bowqalar lekin jahongir emas.
+1   
20 mar 17:36:12
ARSENAL
qo'qon faolku olg'a
+1   
20 mar 15:56:14
jamoliddin1
Lazîz_üz foydalanuvchining fikriga javob berish
Nasafni o'yini qoldirilganiga Nasaf aybdor emas .Nasaf 3-turda Bunik bilan o'ynashi kerak edi ,lekin Bunyodkorning ochl dagi o'yini aynan ana shu kunga to'g'ri kelgani uchun bu bahs qoldirilgan
Paxtani o'yini qoldirilganda qayoqda edila? APLni misol qilib ko'rsatishga ustedilaku...
+1   
20 mar 15:54:51
jamoliddin1
Tahlil_Tanqid-Локо чемпион! foydalanuvchining fikriga javob berish
ўзизни босинг, Пахтакорни Кубок ўйини қолдирилган. Мутасаддилар тарозини палласини тенг тутишади)))
Gap egasini topibdi:))) Eski gaplarizni bir eslavoring endi
+1   
20 mar 12:21:00
Навбахор_лочинлар
Дарвозабонга откир юсуповни койиш керак еди навбахорни 80 90 % хужумини кайтарди манентланийам кайтарди
   
22 mar 19:12:11
sanjar.real.
Мини бразилия foydalanuvchining fikriga javob berish
Рост Жахонгирдан Ғиёс яхши уйнади,голда аниқ жахонгирни айблай олмайман,мен 19 секторда эдим,лекин жахонгирни қанотиданлиги туғри
Jahongirdan yaxwi oynaganlar kop edi
   
21 mar 10:55:48
Neymar
Расмдаги 3 чала ойинчилар Нефтчи жамоаси собик ва хозирги ойинчилар. Койил.
   
21 mar 06:36:24
абдусалом
Динамо! Койил, айрим журналистлар динамо пахтакордан куркди дейишди.,афсус футбол шархловчиси була туриб шунака фикр,бу камида футболни тушунмасликдир...
   
21 mar 05:34:39
Кукон 1912 факат олга.
Рахмат админлар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Сурияга ютқаздик
ЖЧ-2018 саралаши доирасидаги Сурия - Ўзбекистон учрашуви бўлиб ўтди.  1224
Самвел Бабаян: "Охиригача курашамиз, ҳали имконият бор"
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Самвел Бабаян Сурияга...  523
Гуруҳдаги вазият билан танишинг
ЖЧ-2018 саралаши доирасидаги Сурия - Ўзбекистон учрашуви якунланди.  261
Виталий Денисов: "Гуруҳдаги вазиятимизни оғирлаштириб олдик, аммо ҳали имкониятимиз бор"
Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Виталий Денисов Сурияга қарши...  196
������.�������

CA ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing