So’nggi yangiliklar

15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  1 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  0 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  4 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  17 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  3 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   10 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  1 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  9 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  11 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  16 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  13 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  7

Lushan bugun futbol o'ynamagan "Bunyodkor", yugurgisi kelmay qolgan futbolchilar va jamoaga etishmayotgan Qosimov haqida Yangiliklar

Lushan bugun futbol o'ynamagan "Bunyodkor", yugurgisi kelmay qolgan futbolchilar va jamoaga etishmayotgan Qosimov haqida

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Sergey Lushan "Obod"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida Ashurmatov, SHukurov kabi terma jamoa darajasidagi futbolchilarni keskin tanqid ostiga oldi.

- O'yin haqida nima deyish mumkin? Bugun maydonda faqat bir jamoa futbol o'ynadi. Bu shubhasiz "Obod". Ikkinchi jamoa esa futboldan keyin tiklanish jarayonini o'tkazdi. Buni boshqacha tariflay olmayman. Jamoamizning etti nafar futbolchisini kecha ko'rdik. SHu boisdan ham birinchi taymda boshqacha taktika asosida o'ynaydik. Biz 5-3-2 taktik sxemasidan foydalandik. Jamoamiz bu taktikada oldin ham o'ynagan. Birinchi bo'limning 37-daqiqasidan keyin taktikamizni biroz o'zgartirganimizdan keyin o'yinimiz yaxshi tarafga o'zgardi. SHundan so'ng futbolga o'xshashroq o'ynashni boshladik.

- "Obod" g'alabaga loyiq o'ynadi. SHu fikrga qo'shilasizmi?
- Men tablodagi hisobga qarayman va shunga qo'shilaman. Aytib o'tganimdek, maydonda bugun bir jamoa futbol ko'rsatdi. Qolganini esa uyda o'tiradigan futbol mutaxassislari muhokama qilishni xush ko'rishadi.

- "Bunyodkor"ning o'yini hammasini ko'rsatib turibdi. Jamoa ham, futbolchilar ham avvalgi natijalar bilan yashashmoqda. Hozirgi muvaffaqiyat uchun esa hech narsa qilishmayapti. Masalan CHemirtan va Michich bugun piyoda yurish bilan mashg'ul bo'lishdi. Esonqulov ham zaxiradan maydonga tushib piyoda yurish bilan band bo'ldi. Tushunmayman, Esonqulov hali yosh, unda azart qani? Jo'shqinlik qani? Yana ko'plab futbolchilar shular jumlasidandir.
- Ularda hali o'tmishning o'zi yo'q. Bu futbolchilar hozirgi kunda ham muvaffaqiyatga erishishgani yo'q. Ularda bitta muammo bor. Bu narsa 3 yildan buyon davom etib kelmoqda. Men bu muammoni har safar ko'tarib kelganman. Jamoamizdan 7-9 nafar futbolchi terma jamoaga ketadi va qaytib kelganidan keyin, ularni butunlay tanib bo'lmaydi. Qaytib kelishganida ular umuman boshqa insonlarga aylanishadi. Hozir ham kiyinish xonasida ushbu savolni o'rtaga tashladik. Bir qator futbolchilar negadir terma jamoadan taklif olganidan keyin o'zlarini katta futbolchilardek tutishadi. Menga tajribami, intelektmi, qattiqqo'llikmi etishmayapti. Men tayoqni olib ularni urishim kerakmi endi? Men ularni otasi ham, onasi ham emasman. Bu ishni qilmayman. Futbolchilarni futbol o'ynashga majbur etolmayman. Ularning o'zlari ushbu kasbni tanlashgan. Men endi shunchaki ularni asosiy tarkibdan olib tashlayman. Bu ishni avval ham futbol o'ynashni xohlamay qolgan futbolchilarga nisbatan qo'llagandim. Endi bu futbolchilar bilan ham shu ishni takrorlashimga to'g'ri keladi shekilli. Hech kim bu ishni qilmasligimga unday olmaydi. Men uchun jamoada avtoritetlar yo'q. Xoh u terma jamoa azosi bo'lsin, xoh boshqa.
Men bir narsani tushunmayman, terma jamoaga ketib, u erda o'zini ko'rsatadi va klubga qaytib kelib, futbol o'ynagisi kelmay qoladi yoki yugurgisi kelmaydi. Bundan futbolchilar terma jamoa azosiga aylanib bo'lgach, hamma narsaga erishdim deb o'ylashadimi, tushunmayman.
Men imkon qadar futbolchilar taraf bo'lishga intilaman. Balki bu muammo murabbiylar shtabi yoki oilasida emas. Men kuni kecha internet tarmog'ida aylanib (internetni yaxshi tushunmayman, kamdan-kam foydalanman), bir qator maqolalar, roliklarga ko'zim tushdi. Bazi dangasa jurnalistlar SHomurodov, Hamdamov, SHukurov singari hali erkak sifatida shakllanmagan 20 yoshli yigitlardan salkam jahon miqiyosidagi Messini yasab qo'yishadi. Bu endi muammo. Ular bu narsalarni to'g'ri qabul qila olishmaydi. Bu ruhiyat bilan bog'liq. Ular hali bunga tayyor emaslar. Yosh futbolchilar maqtovlarni to'g'ri qabul qilishni o'rganishlari lozim. Qaerda ular bunga munosiblar, qaerda esa yo'q. Har holda o'smirin yoshda emaslar, biroz bo'lsada ulg'ayishgan. Bu balki meni ham aybimdir. Ularga ko'p marotaba shu narsalarni tushuntirishga, ularni miyasiga qo'yishga harakat qilyapman. Balki keragidan ortiq etibor ularga yomon tasir ko'rsatayotgandir. CHunki men bugun maydonda na Ashurmatovni, na SHukurovni ko'rdim. Hamdamov nimanidir ko'rsatishga intildi. SHomurodovni to'g'ri tushunaman, uni bugun maydonga tushirishni rejalashtirmagandik. CHunki kuni kecha to'liq o'yin o'tkazgandi. Akrom Komilov ham terma jamoadan ancha toliqqan holda qaytdi.
Terma jamoadan qaytgach ko'plab futbolchilarning hayolida, men hozir maydonda tushaman va natija ko'rsataman, degan fikr yuradi shekilli. Nima ham qilardik, shunday holat ruy bermoqda.
Bugun yoshlar jamoamizni maydonga tushirishimiz mumkin edi. Ular mag'lubiyatga uchrashganda ham, menimcha, maydonda borlarini berib harakat qilishardi. Bunga ishonaman. Afsuski bu ishni qilolmayman, chunki oldimizda chempionat turibdi va 5 kundan keyin navbatdagi tur. Endi o'yindan-o'yinga ushbu holatdan chiqib ketishga intilamiz.
Haligi savol bo'yicha, ha, bugun "Obod" g'alabaga loyiq o'ynadi. Maydonda faqat ular futbol o'ynashdi. Bugun "Bunyodkor" maydonda yo'q edi. Agarda oxirgi 10-15 daqiqani inobatga olmaganda. O'yinimiz o'xshamadi.

- PFL jamoalarga birinchi davra taqvimini 2 oy oldin jo'natadi. O'shanda 28 mart kuni terma jamoa o'ynashiyu, 2 kun o'tgach "Obod" bilan uchrashuv bo'lishini bilardilar...
- Bilasizmi, bu erda shunday holatki, biz O'FFga shu savol bilan murojaat qilganimizda, ular biz OCHL guruh bosqichiga chiqishlaringizga umid qilmagandik. Bu federaciyaning bizga bergan javobi edi. Mayli, nima ham derdik.

- OCHLni qo'ya turaylik, 28 mart kuni terma jamoa o'ynayapti. 30 mart kuni esa "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuvi. SHu boisdan ham o'yinni boshqa kunga ko'chirishni so'ramadinglarmi?
- Biz shundoq ham "Nasaf"ga qarshi o'yinni boshqa kunga ko'chirdik. CHunki o'sha kuni OCHLda o'ynashimizga to'g'i kelib qolgandi. Bu uchrashuvni ham ko'chirganimizda, qaysi kunlari o'ynardik?
Meni fikrim shundayki, jamoamizning barcha futbolchilari, terma jamoa azosi bo'ldimi, boshqami hammasi maydonga tushib o'zlarini ko'rsatishlari, isbotlashlari kerak. Bu narsa ayniqsa asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilarga tegishli. "Bunyodkor" jamoasidamisan, seni nechi yoshga kirganing, nechinchi yilda tug'ilganing muhim emas. Maydonga tushib, o'zining yaxshi sport formada ekanligini ko'rsatishi lozim. Biz futbolchilarning chiroyli ko'zlariga qarab tarkibga jalb etmaymiz. Balki boshqa jamoalarda shundaydir, bilmadim. Biz faqat munosiblarni asosiy tarkibda o'ynatamiz.
O'zini katta futbolchi deb hisoblayotganlar yaxshigina o'ylab olishlari kerak. Bizda tarkib o'zgarishi mumkin. Buni inkor etmayman. Kimdir zaxira o'rindig'iga o'tiradigan ko'rinadi.

- Balki muammo jamoada haqiqiy etakchi yo'qligidadir...?
- Etakchi? Agarda men maydonda har uchta to'p uzatmadan keyin adashaversang, xatolarga yo'l qo'yaversang, qanday qilib etakchi bo'lasan? Etakchi bu maydonda deyarli xato qilmaydigan, jamoani o'z ortidan ergashtira oladigan futbolchi bo'ladi. Bizda bu kabi futbolchi yo'q! Adashmasam, buni uchinchi yildirki qaytaryapman. Bizda Mirjalol Qosimov yo'q. Avval Mirjalol Qosimov bor edi. Endi esa Jeparov singari futbolchi ham yo'q. Jeparovni taklif etish kerak? Yo'q, biz uning maoshini to'lay olmaymiz. Jeparovning oylik maoshini bizda butun klub oladi. Jeparov? Nimalar deyapsiz, bizda butun jamoa uning bir oylik maoshini oladi. Agarda yarim oylik bo'lmasa... Jeparov boy inson, u  o'ziga shuni ep ko'ra oladi. CHunki kuchli futbolchi. Buni u isbotlagan va peshona terisi bilan ishlab topgan.

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика