So’nggi yangiliklar

08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  0 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  3 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  20 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  1 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  47 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9 23:37Франция президенти Дрогба ва Азар билан бир жамоада футбол ўйнаб, пенальтидан гол урди  3 23:10Ҳожимат Эркинов: "Учрашувнинг асосий вақтида ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  14 22:46Ямал тепган тўп дарвозага кирганмиди? Лунин жавоб берди  35

Butsalarini mixga ilganlar Yangiliklar

Butsalarini mixga ilganlar

Umr oqar daryoga o'xshaydi, hech to'xtamaydi. Kechagina to'p tepib yurgan futbolchilar bugungi kunda murabbiylik qilishmoqda yoki boshqa lavozimlarda ishlashmoqda.

2016 yilda ham bir qator mashhur futbolchilar o'z faoliyatlarini yakunlashdi. Ularning bazilarini yodga olamiz.

PAVEL BUGALO

O'tgan yil "Bunyodkor" klubida ham o'yinchi, ham darvozabonlar murabbiyi bo'lgan Pavel Bugalo 2017 yilgi mavsumda futbolchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilmadi. Oliy liganing dastlabki mavsumi bo'lgan 1992 yilda ham maydonga tushgan Bugalo chempionatimizning eng faxriy futbolchilaridan biri bo'ldi.

1996 va 1997 yillarda ikki marta O'zbekistonda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Pavel Bugalo darvozabonlar orasida yagona hisoblanadi. Hozirga qadar qolgan hech bir posbon xatto bir marta ham yilning eng yaxshisi bo'la olmagan. Bugalo "Paxtakor" (1992 va 1998) hamda "Bunyodkor" (2008) safida O'zbekiston chempioni bo'lgan. Uch marta O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan. Posbon faoliyati davomida xorijda Rossiyaning "Alaniya", Qozog'istoning "Jenis", "Jetisu" va "Ordabasi" klublari sharafini himoya qilgan. "Jenis" bilan birga Qozog'iston kubogi sohibi bo'lgan. Bugalo O'zbekiston terma jamoasida 40ta o'yin o'tkazgan. 1995 yil Nigeriyaga qarshi kechgan bahsda debyut qilgan darvozabon terma safidagi so'nggi uchrashuvini 2007 yilda Estoniyaga qarshi uchrashuvda o'tkazgan.


VIKTOR KARPENKO
To'rt karra O'zbekiston chempioni va uch karra O'zbekiston kubogi sohibi bo'lgan Viktor Karpenko ham faoliyatining so'nggi yilini "Bunyodkor"da o'tkazdi. Yarim himoyachi ayni paytda "qaldirg'ochlar" murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. Karpenko faoliyatini "Buxoro" safida boshlab "Qizilqum"da davom ettirgan. Keyin Rossiyada "SHinnik", "Lokomotiv CHita" va "Sokol" klublarida o'ynadi. So'ngra Qozog'istonning "Qayrat" sharafini himoya qildi. "Bunyodkor" oliy ligaga chiqqan Karpenko O'zbekistonga qaytdi. Oxirgi yillarda "Lokomotiv" va "SHo'rtan" klublarida o'ynagan yarim himoyachi "Bunyodkor" safida ikki marta OCHL yarim finaliga qadar etib bordi. U O'zbekiston terma jamoasi safida 61ta o'yin o'tkazib 4 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga erishgan. O'zining ilk uchrashuvini 2003 yilda Belarus terma jamoasiga qarshi o'tkazgan futbolchi so'nggi xayrlashuv o'yinini 2014 yil Toshkentda Ummonga qarshi o'tkazgan. Karpenko terma jamoa bilan 2007 va 2011 yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etib qaytgan.



XAYRULLA KARIMOV
Futbol maydonida o'ta qiziqqonligi bilan ajralib turgan himoyachi Xayrulla Karimov ham yuqoridagi ikki futbolchi singari bu yildan butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Professional faoliyatini Namanganning "Navbahor" klubida boshlagan Karimov oliy ligadagi so'nggi mavsumida ham ushbu klub sharafini himoya qildi. Xayrull Karimov Qashqadaryoning "Mashal" va "Nasaf" klublarida ham to'p tepgan. Oliy ligadagi so'nggi uchrashuvini "Bunyodkor" safida 2016 yil ikkinchi davraning birinchi turida "Neftchi"ga qarshi o'tkazdi.

Xayrulla Karimov futbolchilik faoliyatida uch marta O'zbekiston chempioni bo'lgan, bir marta kumush medali va olti marta bronza medalini qo'lga kiritgan. 2008 yil "Bunyodkor" bilan O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

Himoyachi O'zbekiston terma jamoasi safida 16ta o'yin o'tkazishga erishgan. 2007 yil Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan Karimov terma safidagi oxirgi o'yinni 2009 yil Avstraliyaga qarshi bahsda o'tkazgan.



ASROR ALIQULOV

Asror Aliqulov O'zbekiston oliy ligasida 500ta o'yin o'tkazgan dastlabki futbolchi sifatida tarixga kirib bo'lgan. Umuman olganda chempionatimizda jami 520ta uchrashuv o'tkazib 38 yoshida faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Futbolchi sifatida "Mashal", "Nasaf", "Paxtakor", "Dinamo" va "SHo'rtan" klublarida o'ynagan Aliqulov besh marta O'zbekiston chempioni unvoniga ega bo'lgan. Xuddi shuncha marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. "Paxtakor" bilan birga ikki bor OCHL yarim finaliga qadar etib borgan. 2007 yilda "sherlar" safida MDH kubogi chempioni bo'lgan. Bir yildan so'ng ushbu musobaqa finaliga chiqqan.

Asror Aliqulov O'zbekiston terma jamoasi safida deyarli 10 yil faoliyat yuritgan. 1999 yil Malayziya bilan o'yinda ilk bor terma jamoa futbolkasini kiygan himoyachi so'nggi bahsini 2008 yil Yaponiyaga qarshi o'tkazgan edi. Jami Aliqulov hisobida terma jamoa safidagi 63ta o'yin mavjud.

Asror Aliqulov bugungi kunda G'uzorning "SHo'rtan" klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda.



ANDREY BAKLANOV

2003 yil oliy ligada debyut qilgan Andrey Baklanov faoliyati davomida bir qator klublarda o'ynashga ulgurgan. Dastlab Quvasoyning "Cementchi" klubida oliy ligada maydonga tushgan Baklanov keyinchalik "Nasaf", "Dinamo", "To'palang", "SHo'rtan" va "UzDongJu" klublari sharafini himoya qildi. Uning oliy ligada oxirgi klubi "Qo'qon-1912" bo'ldi. Hozirgi kunda posbon jamoa darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlamoqda.

"Nasaf" safida O'zbekiston chempionati bronza medali sohibiga aylangan. Darvozabon oliy ligada jami 130dan ziyod uchrashuvda ishtirok etgan.



AZIZ TO'XTABOEV

1985 yilda tug'ilgan Aziz To'xtaboev bu yildan "Qo'qon-1912" murabbiylar shtabida ish boshladi. Oliy ligada 2002 yil oliy ligadagi debyutini ham aynan qo'qonliklar safida o'tkazgan. Futbolchi "Traktor", "Qizilqum" va "Lokomotiv" klublarida ham to'p tepib muxlislar mehrini qozongan. Oxirgi yillarda "Qo'qon-1912" safida o'tkazib jamoani yana oliy ligaga qaytishida va unda o'z o'rniga ega bo'lishida katta xissa qo'sha oldi. To'xtaboev chempionatimizda 100dan ortiq o'yin o'tkazdi.



Jarohat tufayli ro'yxatdan o'tmagan futbolchilar


Yuqoridagi futbolchilar kabi faoliyatini butkul tugatmagan lekin 2017 yilgi oliy liganing birinchi davrasi uchun ro'yxatdan o'tkazilmagan o'yinchilar ham mavjud.

Bir necha yil davomida Qarshining "Nasaf" klubi sharafini himoya qilib kelgan chap qanot himoyachisi Botir Qoraev o'tgan mavsumni G'uzorning "SHo'rtan" klubida o'tkazdi. Tajribali futbolchi mavsum o'rtasida jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Hozir ham jarohatini davolayotgan Qoraev ro'yxatdan chetda qoldi. Biroq "SHo'rtan" klubi vakillarining aytishicha Qoraev ikkinchi davrada qo'shimcha ravishda qaydnomaga qo'shilishi mumkin ekan. Yani futbolchi jarohatini davolab bo'lsa uni yana yashil maydonda ko'ramiz.



Xuddi Qoraev singari "Nasaf" klubida bir necha yil davomida o'ynagan hujumchi Ilhom SHomurodov ham bu yilgi qaydnomada ko'rinish bermadi. 2011 yil klub safida OFK kubogini qo'lga kiritgan tajribali hujumchi o'tgan yil yarmida jarohat olgandi. SHundan keyin SHomurodov hali maydonga qaytganicha yo'q. Ayni paytda hujumchining shartnomasi mavjud emas. Ilhom SHomurodovga murojaat qilganimizda hali futboldan butkul ketmoqchi emasligini malum qildi. Demak, jarohat ortda qolsa SHomurodovni yana maydonda ko'ramiz.



"Qo'qon-1912" hujumchisi Otabek Haydarov o'tgan mavsum oliy liganing 28-turida “Mashal” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda jarohat olib maydonni erta tark etgan edi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchi jarrohlik stoliga yotishi lozimligi malum bo'lgandi. O'tgan yil dekabr oyi o'rtalarida Haydarov Moskva shahrida operciya qilindi. Hozircha jarohatidan butkul qutulmagani uchun futbolchi birinchi davra uchun qaydnomadan o'tkazilmadi. Uni ham yuqoridagi ikki futbolchi singari ikkinchi davrada oliy ligada ko'rishga umid qilamiz.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика