So’nggi yangiliklar

10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  2 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  1 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  3 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  1 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  4 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  3 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  7 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  0 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  0 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  0 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0 07:00АПЛ. "Кристал Пэлас" - "Ньюкасл" 2:0  0 02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  24 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  5

“Barkamol avlod” – “Navro'z Kubogi-2017” g'olibi! Yangiliklar

“Barkamol avlod” – “Navro'z Kubogi-2017” g'olibi!

5-22 mart kunlari Farg'onada ananviy tarzda o'tkazib kelinadigan “Navro'z Kubogi” bahslari bo'lib o'tdi.

Bu yilgi turnirda 16 ta jamoa to'rt mintaqaga bo'lingan holda kurash olib borishdi. Uchrashuvlar Farg'ona, Marg'ilon, Qo'qon shaharlari va Rishton tumanida o'tkazildi. O'z mintaqalarida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan – “Barkamol avlod”, “Toshloq”, “Qo'qon-1912” va “Oltiariq” jamoalari yarim finalga yo'llanma olishdi. Yarim final va final uchrashuvlariga Farg'ona davlat universitetining sport sog'lomlashtirish majmuasi (sobiq “Markaziy” stadion) mezbonlik qildi.

Birinchi yarim finalda – “Qo'qon-1912” – “Toshloq” jamoalari kuch sinashishdi. Ushbu bellashuvda toshloqliklar raqiblarini 4:2 hisobida dog'da qoldirishdi.
Ikkinchi finalchi nomi – “Barkamol avlod” – “Oltiariq” uchrashuvidan keyin malum bo'ldi. Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rgan - “Barkamol avlod” 2:1 hisobida raqibini dog'da qoldirib, hal qiluvchi o'yinga yo'llanma oldi.

22 mart kuni musobaqa g'olibi aniqlandi. “Barkamol avlod”-“Toshloq” uchrashuvi keskin va murosasiz tarzda kechdi. O'yinda “Barkamol avlod” vakillari 2:1 hisobida g'alaba qozonib, bosh sovrin egasiga aylanishdi.

Musobaqa yakuniga etgach, odatga ko'ra, g'olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Ushbu turnir Farg'ona viloyat hokimligi, Farg'ona viloyati futbol federaciyasi xodimlari tomonidan yuqori saviyada tashkil etilganini etirof etish lozim.

Abror Dehqonov

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика